Adam Robert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Ker-koldi — 1792.3.3, London) — ingliz me’mori va binokor. 18-a. ingliz klas-sitsizmining yirik vakili. Edinburg untida o‘qigan (1743 y.dan). Yevropa mam-lakatlariga sayohatga chiqib qad. yodgorli-klarni o‘rgangan (1754 — 58). 1761 — 68 y.larda qirollik me’mori. Akasi Jeyms bilan hamkorlikda ratsional mujassamot-da chorbog‘lar (Londondagi Kenvudxaus, 1767 — 69) va jamoat binolari (Edin-burgdagi universitet, 1789 — 93), shahar mavze-lari (Londondagi Adelfi, 1768 — 72), 2 — 3 qavatli turar joy binolari va b. qurishgan. A. qad. me’morlikka suyanib, mumtoz uslubdagi nafis bezak shaklla-ridan foydalangan. Binoning ichki qismini bezash va uy jihozlari joyla-shishiga katta ahamiyat bergan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil