Adabiy til

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda A.t. o‘zgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham A.t. turli davrda turlicha bo‘lgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi o‘zbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili A.t. vazifasini o‘tagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va b. A.t. bo‘lgan.A.t.ning ikki — og‘zaki ham yozma ko‘rinishi mavjud. Har qanday A.t. xalq og‘zaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan A.t.siz boy madaniyatga ega xalq bo‘lishi mumkin emas. Shu ma’noda A.t. jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. A.t. deganda ba’zan uni turli ko‘rinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma A.t. va og‘zaki A.t. hamda badiiy adabiyot tili bilan A.t.ni ayni bir deb bo‘lmaydi.A.t. o‘z mezonlarini egallagan shu tilda so‘zlashuvchilar barchasi uchun bir-dek. U ham yozma, ham og‘zaki shakllarda amalda qo‘llanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham A.t. me’yorlariga bo‘ysunsada, 181ko‘plab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni o‘zida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma dav-rlarda ham A.t. bilan badiiy asar tili bir taxlitda bo‘lmagan. A.t. bilan milliy til o‘rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo‘lgan xalq millat bo‘lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til A.t. vazifasiii o‘taydi, lekin har qanday A.t. darhol milliy tilga aylana olmaydi.A.t. bilan shevalar o‘rtasidagi munosa-bat alohida muammoni tashkil etadi (q. Shevalar). Shevalar tarixan qanchalik barqaror bo‘lsa, A.t. uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazar-dan umumlashtirish shunchalik murakka-blashadi. Hoz. kunda ko‘pgina mamlakat-lar (mas, Italiya, Indoneziya va b.)da she-valar A.t. bilan teng suratda qo‘llanmoqda.A.t. tushunchasi odatda til uslubla-ri tushunchasi bilan bog‘lanadi. Ammo bu bog‘lanish bir tomonlama. Chunki til us-lubiyatlarining o‘zi A.t. ko‘rinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat bo‘ladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mum-kin. Lekin, bu takroriy belgilarning ma’lum shaklda birikishi va vazifasi-ning o‘ziga xosligi bir uslubning ik-kinchi uslubdan farqini belgilaydi.O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) o‘zbek A.t. rivojini ta’minlovchi muhim voqea bo‘ldi. O‘zbek A.t.i turli xalqlar A.t.i rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda (yana q. O‘zbek adabiy tili).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil