Abu Umar Bujayriy Xushufag'oniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Umar Bujayriy Xushufagʻoniy (arabcha: أبو عمر البجيري خوشوفغاني — Abu Umar Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Xushufagʻoniy) — roviy.

Abu Umar Bujayriy Xushufagʻoniy muhaddis Abu Hafs Bujayriyning otasidir. Abu Umar Bujayriy Xushufagʻoniy oʻz davrining olimi, mashhur roviysi va muhaddisi boʻlgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Umar Bujayriy Xushufagʻoniy zamonasining taniqli hadis roviylaridan tahsil olgan hamda ulardan hadislar rivoyat qilgan. Yozma manbalarda Abu Umar Bujayriydan Abu Lays Nasr ibn Hamavayh Kamarjiy Sugʻdiy hadislar yozib olgani haqida maʼlumot keltirilgan. Undan tashqari uning oʻgʻli Abu Hafs Umar ibn Muhammad Bujayriy taʼlim olgan va hadis rivoyat qilgan[1]. Abu Hotam Muhammad ibn Habbonning „Siqot“ („Ishonchli roviylar“) kitobida keltirilishicha,

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Umar Bujayriy 268/882 yil shaʼbon oyida vafot etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qarang: Ibn Hajar Asqaloniy. Fath al-boriy. J. 2. — Misr. Miriy Kubro matbaasi. Muqaddimasi, 1301/1884. 490.; Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. — J. 5. - Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 93- 94.
  2. Qarang: Abu Hotam Muhammad ibn Habbon. Siqot. J. 9. — Bayrut: Dor al-fikr, 1975. 143.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. — T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti. 2007. 108.
  • Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 42.