Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azoliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻazoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazoliy—yirik ilohiyotchi olim, faylasuf.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tus shahri(Xuroson)da 1058-yilda tug‘ilgan.Nishopur sh.da ash’ariy ulamo Juvayniy qo‘lida tahsil ko‘rdi.Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bag‘dodda xizmat qildi, Nizomiya madrasasida faqih-mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ismoiliylar Nizomulmulkni o‘ldirganidan so‘ng R. haj bahonasida Bag‘dodni tark etib, Damashqda 11 yil yashadi. Keyinchalik Nizomulmulk o‘g‘li Faxrulmulk taklifi bilan yana Nizomiya madrasasida mudarrislik qildi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy asarlari „Tahofut ul-falosifa“ („Faylasuflarni rad etish“), „Kimyoi saodat“ („Saodat kimyosi“), „Ixyo ulum ad-din“ („Diniy ilmlarni tiriltirish“) va b.da R. islom ilohiyoti tizimini ishlab chiqqan, uni falsafiy jihatdan asoslashga uringan.Anʼanaviy sunniylik aqidalarini soʻfiylik ideallari bilan birga qo‘shib talqin etgan.Inson iroda erkinligi va ilohiy taqtsir masalalarini ko‘rib chiqib, „kasb“ („o‘zlashtirish“) g‘oyasini oldinga surgan. R.ga ko‘ra, inson Alloh buyurgan yaxshi yoki yomon amallar orasidan o‘ziga maqbulini tanlab olishda ixtiyoriydir va shu bois, mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qo‘yilishi (taqdir)ga qaramay, ular uchun aynan insonning o‘zi mas’uldir.Bir necha asarlarida Gʻarb musulmon faylasuflari, Aristotelning Sharqdagi izdoshlari (Forobiy, Ibn Sino va boshqalar) bilan olamning yaratilganligi, Koinot abadiyligi,ruhning o‘lmasligi muammolari, sababiyat nazariyasi va h.k. bo‘yicha bahs yuritgan.Islom tafakkuri va o‘rta asr Yevropa falsafasiga barakali taʼsir ko‘rsatgan.Zamondoshlari tomonidan „Hujjat ul-islom“ („Islom dalili“) deb ulug‘langan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Husniddinov, Zuhriddin. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: „O’zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.