Abstraksionizm (oqim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abstraksionizm (lot. abstractio - mavhumlik, noma’lumlik, uzoqlashish). 20-asrda avval tasviriy san’atda paydo bo‘lib, keyin adabiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan oqim. Namoyandalari — Charlz Novard, Styuoriy Devis, Krauford, Ret-ner, Morris, M. Seyfer, P. Mondri-an, Paulo Klee va b. san’at borliqning emas, san’atkor his-tuyg‘ularining in’-ikosi degan g‘oyani ilgari surishgan. Bu oqimdagilar ijodida his, tuyg‘u, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda namoyon bo‘ladi, shakl va mazmun bir-biriga singib ketadi, ya’ni an’anaviy tushunchadagi mazmun va shakl o‘z mohiyatini yo‘qotadi. A.ning ta’siri fransuz she’riyatida ayniqsa sezilarlidir. A. badiiy adabiyotda "antiroman" va b. ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. A. oqimi namoyandalari "voqelikni inkor etish evaziga ruhiy voqelik" yaratmoqchi bo‘ladilar.50-y.larda A. san’atning "Belgilar san’ati", "iyerogliflar", "kalligrafiya" kabi ichki yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. A. san’atga ma’lum bir uslubiy yangilik olib kelgan bo‘lsada, taniqli mutafakkir va san’atkorlarning tanqidiga uchradi. Xususan, A. Kamyu voqelikdan mutlaq uzilgan asarning faqat voqelikka yopishib olgan asardan farqi yo‘q deb qaraydi. Kamyuning fikricha, san’at voqelik va san’atkor his-tuyg‘ulari o‘rtasidagi erkin va tabiiy uyg‘unlashuvdan paydo bo‘ladi. Lekin A. san’at va uning tasvir usullari haqidagi tasavvurni boyitgani uchun ham qimmatlidir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil