Abiotik omillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abiotik omillar, muhitning abiotik omillari (yun. a — inkor qo‘shimchasi va bios — hayot) — muhitning tirik organizmlarga ta’sir etuvchi no-organik omillari (iqlim, t-ra, namlik, radiatsiya, tuproqning sho‘rxokligi va b.) majmui. A.o. kimyoviy (havo, suv, tuproq tarkibi), fizikaviy (quyosh va kosmik radiatsiya, yorug‘lik va issiqlikning taqsimlanishi, havo oqimlari gravita-siyasi, suv almashinuvi qonuniyatlari va h.k.) omillarga bulinadi. Tirik orga-nizmlar turi, zoti yoki navining uz are-ali chegarasidagi soni va taqsimlanish darajasi organizmlarning yashashi uchun zarur hisoblangan, ammo eng kam miqdordagi cheklangan A.o.ga bog‘liq. Tirik organizmlar taraqqiyot jarayoni-da muhitning A.o. ta’siriga moslashib boradi. Omillardan ayrimlarining ortiqcha yeki kamligi tirik organizmlar-ning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (yana q. Biotik omil-lar).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil