Abhariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abhariy, Asiriddin Mufazel ibn Umar (13-a.) — mantiqshunos olim. Niso (hoz. Ashxobod) yaqinidagi Abhar qishlog‘ida tavallud topgan. Buxoro va Samarqand madrasalarida ta’lim olgan. Ikki qismdan iborat "Tug‘ilish va o‘lim haqida risola" muallifi. Asarning bi-rinchi qismi 6 fasldan iborat: 1) Vo-jibul Vujud (Alloh)ning isboti; 2) Vojibul Vujud yagonaligi; 3) Vojibul Vujud namoyon bo‘lishi; 4) oqibat isboti; 5) aqdlar ko‘pligi; 6) malakali ruhlar. 2- qismi 5 fasldan iborat: 1) jismo-niy o‘lim; 2) ruh ko‘chib yurishining rad etilishi; 3) buzilmaydigan ruh; 4) ruhiy o‘lim; 5) karomat, vahiy va ilhom. Asar qo‘lyozmalaridan biri Tehron universiteti Markaziy kutubxonasida, yana biri Eron Millat Majlisi kutubxonasida va uchinchisi Erondagi Sipohsolor madra-sasi kutubxonasida saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil