Abeliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abeliya (Abelia) — shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi bor. Guli yirik, bir oz qiyshiq (zigomorf): kosachasining naychasi tuguncha bilan tutashgan, qaytaqisi 2-5 boʻlmali, changchisi toʻrtta. Mevasi quruq, bir chanoqli, yakka urugʻli, uchida kosachaning qaytaqisi saqlangan. Oʻrta Osiyoda Abeliyaning asomuso (Abeliya corymbosa) turi uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil