Abdusattor Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdusattor Sharipov
Tavalludi 1936-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni
Mukofotlari

Abdusattor Sharipov[1] (1936-yilda tavallud topgan — vafot sanasi nomaʼlum) — Oʻzbekiston SSR, Andijon viloyati Chust tumani Kommuna sovxozi brigadiri, „Do‘stlik“ sovxozi mexanizatsiyalashgan brigada brigadiri (1973-yildan), XXVI qurultoyiga delegati, KPSS aʼzosi. SSSR Oliy Kengashining X va XI chaqiriqlari deputati[2]. Lenin ordeni va "O‘roq va bolg’a" oltin medali sohibi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966-yil).

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yilda hozirgi Chust tumani (hozirgi Namangan viloyati) qishloq aholi punktlaridan birida tugʻilgan. Millati tojik. O‘rta maktabni tamomlab, mehnat faoliyatini 1952-yildan Chust tumanidagi „Kommuna“ sovxozida vaqt hisobchisi bo‘lib ishladi. Keyingi yillarda qishloq mexanizatsiyalash bilim yurtida tahsil olib uni tamomlagach, traktorchi bo‘lib ishladi. Keyinchalik faoliyatini Chust tumanidagi „Kommuna“ sovxozida traktorchi, mexanizatsiyalashgan paxtachilik brigadasi brigadiri lavozimlarida davom etdirdi[2].

Abdusattor Sharipov brigadasi har yili paxtachilikda yuqori mehnat natijalarini ko‘rsatdi. U jamoaning sotsialistik majburiyatini va paxta yetishtirish bo‘yicha yetti yillik (1959—1965-yillar) ishlab chiqarish rejalarini muddatidan oldin bajardi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1966-yil 30-apreldagi farmoni bilan "Paxta xomashyosi va ipak qurti pillasi yetishtirishni koʻpaytirishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun" Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali (№ 12419) bilan taqdirlandi[2].

1973-yildan Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi „Do‘stlik“ sovxozida mexanizatsiyalashgan brigada brigadiri. KPSS aʼzosi.

SSSR Oliy Kengashi Millatlar Kengashining X[3] (1979—1984-yillar) va XI[4] (1984—1989-yillar) chaqiriqlaridan deputati va XXVI qurultoyiga delegat etib saylangan. Nafaqaga chiqqanidan keyin Namangan viloyatida yashagan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Депутаты Верховного Совета СССР. Десятый созыв., М., 1979. 
  • Депутаты Верховного Совета СССР. Одиннадцатый созыв., М., 1984. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. V Spiskax deputatov Verxovnogo Soveta SSSR 10-go i 11-go sozivov
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Abdusattor Sharipov biografiyasi“.
  3. Deputati Verxovnogo Soveta SSSR X-go soziva 1979—1984
  4. Deputati Verxovnogo Soveta SSSR XI-go soziva 1984—1989