Abdurahmon Tanburiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurahmon Tanburiy Samarqandiy
Tavalludi 1850
Samarqand
Vafoti 1900
Samarqand, Turkiston general-gubernatorligi
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Sohasi Shashmaqom qoʻshiqchisi

Abdurahmon Tanburiy Samarqandiy (tojikcha: Абдурраҳмони Танбӯрии Самарқандӣ) – shu taxallus bilan ijod etgan va tojik tilida kuylagan mashhur shashmaqom xonandasi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurahmon Tanburiy 1850-yilda Samarqandda tugʻilgan. Taxminan 1898-yil yoki 1900-yilda Samarqandda vafot etgan.

1896-yildagi „Risolai Shashmaqom“ risolasida Abdurahmon Tanburiy Samarqandiy haqida maʼlumot berilgan. Risolada taʼkidlanishicha u musiqa asboblarini mohirlik bilan chalishni biladigan, Buxoroda musiqa taʼlimini tugatgan mashhur va yaxshi xonanda sifatida koʻrsatilgan. Ustozlari Ahmad Donish va Karamat Dilkash Tanburiylar edi[1].

U asosan shashmaqom janridagi qoʻshiqlar kuylagan, qoʻshiqlariga musiqa bastalagan, mashhur shoirlarning turli gʻazallarini kuylagan, ayrim qoʻshiqlarini oʻz gʻazallari asosida yozgan. Abdurahmon Tanburiy Ahmad Donishdan oʻrgangan sheʼriyat va musiqa asoslarini rivojlantirdi. „Nasr“, „Savt“, „Mushkilot“, „Shashmaqom“ boʻyicha alohida bilim va mahoratga ega boʻlgan. U „Tasnifi Buzurg“, „Tarjee Buzurg“, „Gardun Buzurg“, „Muhammasi Nasrul-Lai“, „Sakili Islomi“, „Sakili Sultoniy“ning „Buzurg“ maqomida, „Rost“ maqomida, „Tasnifi Rost“, „Gardun Rost“, „Mahammasi Rost“, „Muhammasi Ushshoq“, „Muhammasi Panjgoh“; „Navo“ maqomida, „Tasnifi Navo“, „Nagʻmi Oraz“, „Muhammasi Navo“, „Sakili Navo“; „Dugoh“ maqomida, „Tasnifi Dugoh“, „Tarji Dugoh“, „Gardun Dugoh“, „Peshrav“, „Samoʻi Dugoh“, „Muhammasi Dugoh“ va „Segoh“, „Iroq“ va xalq kuylarini juda mahorat bilan ijro etgan. Tanburiy yaratgan ijod namunalari asosida koʻplab musiqa va vokal asarlar yaratilgan, xususan, „Tabur sadosi“, „Amali Bahor“, „Muhammasi Abdurrahmon“ musiqiy tomoshalarda foydalanilgan[2].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Donishnomai Shashmaqom./Zeri tahriri Olimov K., Abduvaliev A., Azizӣ F., Raҷabov A., Hakimov N. - Dushanbe, 2009. – ISBN 978-99947-49-13-3. S. 16
  • Ensiklopediyai adabiyot va sanʼati toҷik. Ҷildi I (ABAY – KALIM). Dushanbe, 1988

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ученик Ахмада Даниша.“. www.dir.md. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  2. Donishnomai Shashmaqom./Zeri tahriri Olimov K., Abduvaliev A., Azizӣ F., Raҷabov A., Hakimov N. - Dushanbe, 2009. - s. 15 ISBN 978-99947-49-13-3