Abdur Rahmon ibn Yusuf Mangera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdur Rahmon ibn Yusuf Mangera
Tavalludi 1974
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik

Abdur Rahmon ibn Yusuf Mangera (1974-yilda tugʻilgan) — sunniy islom olimi, muallif, Whitethread instituti va Zamzam akademiyasining asoschisi. Fiqh al-Imam (oʻzbekcha: Fiqh al-imom) va Healthy Muslim Marriage (oʻzbekcha: Sog‘lom musulmon nikohi) kitoblarini yozgan. Qirollik Islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tuzilgan 500 ta eng nufuzli musulmonlarning 2020-yilgi nashrida qayd etilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mangera Dorul ulum Buriyni tamomlagan va Janubiy Afrikadagi Darul ulum Zakariyyada, so‘ngra Hindistonning Saharonpur shahridagi Mazohir ulumda ifto boʻyicha o‘qigan. Yoxannesburgdagi Rand Afrikaans universitetida sanʼat bakalavri darajasini, SOAS London universitetida islomshunoslik boʻyicha magistr va PhD darajasini olgan[1][2][3][4][5]. Habib ar-Rahmon al-Azmiy (shogirdi Zayn al-Obidin orqali), Abul Hasan Ali Hasani Nadwi, Muhammad al-Avvoma va Muhammad Yunus Jaunpuriydan hadislarni yetkazgan[3].

Mangera Whitethread instituti va ZamZam akademiyasini tashkil qilgan[5][6]. „Eng nufuzli 500 musulmon“ jurnalining 2020-yilgi nashrida qayd etilgan[7]. 2013-yilda Kembrij musulmon kollejida va 2016-yilda Iordaniyaning Amman shahridagi Qirollik Aal al-Bayt islomiy tadqiqot institutida faxriy stipendiya bilan taqdirlangan[8].

2016-yilda Mangera Kashmir universitetining chaqiriqlar majmuasida Dorul ulum Rahimiyya tomonidan tashkil etilgan Imom Abu Hanifa konferensiyasida nutq soʻzlash uchun Kashmirga borgan[9].

Adabiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mangera quyidagi kitoblar muallifi:

  • Fiqh al-Imam: Key Proofs in Hanafi Fiqh (1996)
  • Prayers for Forgiveness: Seeking Spiritual Enlightenment through Sincere Supplication (2004)
  • Provisions for the Seekers (2005), (Oshiq Ilohi Bulandshahriyning „Zad at-Tolibin“ asarining tarjimasi va sharhi.).
  • Co-authored Reflections of Pearls (2005)
  • Imom Abu Hanifa's Al-Fiqh al-Akbar Explained (2007)
  • Salat & Salam: In Praise of Allah’s Most Beloved (2007), Muhammad paygʻambarga salovot va salomlar qoʻllanmasi
  • Imaam Ghazali’s Beginning of Guidance (Bidayah al-Hidaya) (2010)
  • A Critical Edition of Abū’l-Layth al-Samarqandī's Nawāzil (PhD tezis, 2013)[10]
  • Healthy Muslim Marriage: Unlocking The Secrets to Ultimate Bliss [7]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mufti Abdur-Rahman ibn Yusuf Mangera“. rayyaninstitute.com. 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
  2. „Abdur-Rahman ibn Yusuf“. www.whitethreadpress.com. 2019-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
  3. 3,0 3,1 „Dr. Mufti Abdur-Rahman Ibn Yusuf Mangera“. ZamZam Academy. Qaraldi: 2019-yil 7-may.
  4. „Mufti Abdur-Rahman Ibn Yusuf“. Tafsir.io. 2019-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
  5. 5,0 5,1 „Dr. Mufti Abdur-Rahman Ibn Yusuf Mangera“. www.albalaghacademy.com. 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
  6. „ABOUT ZAMZAM ACADEMY“. ZamZam Academy. Qaraldi: 2019-yil 7-may.
  7. 7,0 7,1 The 500 Most Influential Muslims, 2020, Royal Islamic Strategic Studies Centre — 124, 235 bet. 2020-yil 15-aprelda qaraldi. 
  8. „Dr. Mufti Abdur-Rahman Ibn Yusuf Mangera“. ZamZam Academy. Qaraldi: 2019-yil 12-may.
  9. „Dar-ul-Uloom Raheemiya organizes conference“. Greater Kashmir (2016-yil 9-may).
  10. Mangera, Abdur-Rahman (2013). A critical edition of Abū 'l-Layth al-Samarqandī's Nawāzil. SOAS, University of London (phd). doi:10.25501/SOAS.00017840. Qaraldi: 7 May 2019.