Abdulvohid Shovkatiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulvohid Shovkatiy (arabcha: عبد الواحد شوكتي — Abulqosim Abdulvohid ibn Abdurrahmon ibn Zayd ibn Ibrohim ibn Ahmad ibn Harb Shovkatiy) — roviy.

Abdulvohid Shovkatiy 407/1016 yili Shoshning „Shovkat“ qishlogʻida tugʻilgan. Keyinchalik Abdulvohid Shovkatiy ilm-maʼrifat yoʻlida Samarqandga koʻchib oʻtgan va shu yerda Hakim Shovkatiy nomi bilan mashhur boʻlgan. Abdulvohid Shovkatiy koʻp yillar Samarqandda vaʼz aytgan[1].

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulvohid Shovkatiy hadislarni imom-xatib Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh vositasida Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali Bohiliydan rivoyat qilgan[2].

Shogirdi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulvohid Shovkatiydan hadislarni shayx, faqih va adib Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Abdulaziz Buxoriy rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulvohid Shovkatiy 87 yil umr koʻrib, 494/1101-yil aprel oyida Samarqand shahrida vafat etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Samʼoniy. Al-ansob. J.3. —Bayrut. Doru-l-fikr. 1998. 392.
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi. —Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2016. 469.
  3. M. Ataev. Jizzax allomalari. —T.: Adib, 2014. 52.