Abdulla Abatsiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Abatsiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdulla Alxazoviç Abatsiyev
Tavallud sanasi 16-avgust 1993-yil (1993-08-16) (30 yosh)
Tavallud joyi Vladikavkaz, Rossiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yunost Vladikavkaz

Abdulla Alxazovich Abatsiyev (1993-yil 16-avgust Vladikavkaz) – rus va ozarbayjonlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi .

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Abatsiyev 1993-yilda Vladikavkazda tugʻilgan. Futbolchining otasi Alxaz Ayvazov ozarbayjon millatiga mansub boʻlgan[1]. Abdulla 8 yoshida Vladikavkazning „Yunost“ sport maktabining futbol boʻlimiga oʻqishga kirgan va u yerda 9 yil taʼlim olgan[2]. 2010-yilda Moskvaga, 2011-yilda esa Ozarbayjonga koʻchib oʻtgan va 2009-yilda u y Ozarbayjon fuqaroligini olgan.

15 yoshida Abatsiyev „Alaniya“ga (Vladikavkaz) koʻchib oʻtgan va uning tarkibida Shimoliy Osetiya chempionatida oʻynagan. 2010-yilda Moskvaga koʻchib oʻtib, Moskvaning „Stolitsa“ klubida havaskor futbol klublari oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oʻynay boshlagan[3][4]. Oʻsha yili moskvaliklar tarkibida u Moskva kubogini qoʻlga kiritgan.

Abdulla Bokuda „Inter“ bilan UEFA Yevropa ligasida debyut qilgan. Bu oʻyin 2013-yil 4-iyulda birinchi saralash bosqichida Finlyandiyaning „Mariehamn“ jamoasiga qarshi uy uchrashuvida 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan[5]. Shuningdek, u bokuliklar 2:0[6][7] hisobida gʻalaba qozongan ikkinchi oʻyinda ham ishtirok etgan.

Abatsiyevning 2013-yil 15-dekabr kuni Oliy liganing 17-turida „Sumgait“ darvozasiga kiritgan goli „bokuliklar“ning Ozarbayjon chempionatlarida urgan 500-goliga aylangan[8].

2018-yilning mart oyida u Mashuk-KMV klubida futbolchisiga aylangan[9].

Ozarbayjon terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Ozarbayjon U17 terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 2009-yilning 26-oktyabr kuni Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Serbiya terma jamoasi tengdoshlariga qarshi safarda oʻtkazgan.

2010-yilning 16-aprelida Abitsiyev Ozarbayjon U19 yoshlar terma jamoasi tarkibida Norvegiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bosqichi oʻyinida ilk oʻyinini oʻtkazgan. Oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan[10].

2012-yil 29-fevral kuni Yevropa chempionati saralash bosqichining guruh bahsida Islandiya termasiga qarshi oʻtkazilgan va unda Ozarbayjon terma jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[11]. Shu oʻyinda Abitsiyev mamlakat yoshlar terma jamoasi tarkibida debyut qilgan.

2014-yilning mart oyida u mamlakat terma jamoasining Dubayda oʻtkazilgan yigʻinida ishtirok etgan[12].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inter (Boku)
  • Ozarbayjon chempionatining kumush medali sovrindori : 2013—2014
  • Ozarbayjon chempionatining bronza medali sovrindori: 2012—2013

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Футболист «Интера»: «Бывают моменты, когда Цхададзе меня критикует, но даже это он делает для моего блага»“ (ru). 1news.az (2012-yil 29-dekabr). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  2. „Абдулла Абациев: «Мной интересовался голландский „Витесс“»“ (ru). azerisport.com (2012-yil 30-dekabr). 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  3. 34948 FootballFacts.ru saytida
  4. „«Приалит Реутов» — «Столица» 0:1 (0:1)“ (ru). footballfacts (2010-yil 3-sentyabr). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  5. „İnter Bakı vs. Mariehamn 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-iyul). 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  6. „Mariehamn vs. İnter Bakı 0:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 11-iyul). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  7. „Абдулла Абациев: «Финны не смогли удивить нас» (Интервью)“ (ru). azerifootball.com (2013-yil 6-iyul). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  8. „Абациев забил 500-й гол Интера“ (ru). azerifootball.com (2013-yil 16-dekabr). 2014-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  9. „В Пятигорске ряды «Машука» усилили десять новых футболистов“ (ru). pobeda26.ru (2018-yil 7-mart). 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  10. „Norway U19 vs. Azerbaijan U19 1:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 16-aprel). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  11. „Azerbaijan U21 vs. Iceland U21 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 29-fevral). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  12. Эльмир Алиев. „Абдулла Абациев: «ЧМ-2014 выиграет Германия или Бразилия»“ (ru). 1news.az (2014-yil 4-mart). 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.