Abbreviatura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abbreviatura (ital. abbreviature — qisqartma <lot. abbrevio — qisqartiraman) — 1) lingvistikada: so‘z birikmalarini qisqartirib hosil qilingan so‘zlar: a) birikma tarkibida-gi so‘zlar birinchi harflari alifbo tar-tibida o‘qiladi yoki oddiy so‘z — harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz eti-ladi. Mas, BMT (be-me-te) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi); b) murakkab qisqartma so‘zlar: so‘z birikmalari tar-kibidagi so‘zlar birinchi harflaridan tashqari, ular ma’lum qismlari (mor-femalari) olinib yasaladi. Mac, O‘zR (O‘zbekiston Respublikasi), yurfak (yuridik fakultet); 2) musiqada: nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi. Kuy qismlarining takrorlani-shida, juda baland yoki past tovushlarni bir oktava baland yoki past qilib shart-li notalashtirishda, nota chiziqlaridan so‘ng qo‘shimcha chiziqlarni kamaytirish-da qo‘llaniladigan belgilar. A. par-titurada kuyga qochirim berishni ham ifodalaydi. A. yordamida asarning nis-batan mustaqil, tugal qismi yoki qo‘shiq bandi takrori, ayrim takt yoki kuy tu-zilmalari takrori beriladi. A. ko‘p qo‘shimcha chiziqlardan xalos qilib, nota o‘qilishini osonlashtiradi. Musiqa bez-aklarini ifodalashda keng qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil