AQSh mustaqillik deklaratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AQSH MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI — 1876 y.da Shim. Amerika-dagi Angliya mustamlakalarida milliy ozodlik urushi davom etayotgan paytda qabul qilingan hujjat. Unda Shim. Ame-rikaning Angliya qo‘l ostidan ajralib chiqqanligi va yangi, mustaqil AQSH dav-lati tashkil topganligi e’lon qilindi. Loyihasini milliy ozodlik harakati ar-boblaridan Tomas Jefferson tayyor-lagan. Ushbu Deklaratsiyada xalqlarning mustaqilligi g‘oyasi, barcha kishilar qonun oldida teng hamda "yashash, erkin-ozod bo‘lish va baxt-saodatga intilish" huquqiga ega ekanligi baralla ifodalan-di. U inson huquqlarining ilk deklara-siyasi sifatida katta tarixiy ahamiyat kasb etdi, jahon bo‘ylab mustabidlikka qarshi kurashga da’vat bo‘lib yangradi.