2001-yil 11-sentabr terroristik hurujlari
2001-yil 11-sentabr terroristik hurujlari — yoʻlovchi uchoqlarning qoʻlga olinishi va ularni Butunjahon Savdo Markazi va Pentagon binolariga olib borib urilishi natijasida Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyada sodir boʻlgan halokatlar silsilasi. Insoniyat tarixidagi eng yirik terroristik huruj hisoblanadi.
Mundarija |
Ketma-ketlik [tahrir]
Birinchi zarba Boston-Los-Anjeles (11-reys) yoʻnalishi bilan uchayotgan «Boing-767» uchogʻining mahalliy vaqt bilan 8:45 da BSMning «Shimoliy minora»siga urilishi boʻldi. Keyinroq (9:03) esa xuddi shunday uchoq (175-reys) «Janubiy minora»ga kirib ketdi. Soat 9:40 da Vashington-Los-Anjeles (77-reys) yoʻnalishli «Boing-757-200» uchogʻi Pentagonga quladi (norasmiy xabarlarga koʻra, qulab tushgan narsa uchoq emas, balki qanotli raketa boʻlgan). Toʻrtinchi, «Boing-757» uchogʻi Pensilvaniya oʻrmonlariga qulagan.
Qurbonlar [tahrir]
AQSH hukumati bayonotiga koʻra, huruj oqibatida jami 2974 kishi halok boʻlgan (19 terrorchidan tashqari). Ularning orasida 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.
Izohlar [tahrir]
Hodisaga Yaqin Sharqdagi Usoma bin Lodin yetakchiligidagi ekstremistik «Al-Qoida» guruhi aloqador, deb topilgan. Fitnalar nazariyasi ishqibozlariga koʻra, hurujlar Isroil yoki AQSH maxsus boʻlinmalari tomonidan uyushtirilgan, deb hisoblanadi.
Oqibatlar [tahrir]
Terroristik huruj AQSHning Afgʻoniston va Iroq bilan urushga kirishishiga sabab boʻldi.
Shuningdek [tahrir]
Havolalar [tahrir]