Al-Qoida
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Qoida (arabcha القاعدة - "asos") sunniy jihodchi harbiy tashkilotlarning xalqaro birlashmasidir. Uning ildizlari 1989 yili Sovet qurolli kuchlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi bilan mamlakatda kuch yigʻa boshlagan diniy fundamentalistlar va ularning homiylari(Usoma bin Lodin va boshqalar)ga borib taqaladi.[1] Al-Qoidaning dasturiga musulmon oʻlkalarda xorijiy taʼsirlarga chek qoʻyish va yangi islomiy xalifalik yaratish kiradi.
Al-Qoida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi,[2] NATO,[3][4] Yevropa Ittifoqi,[5] Amerika Qoʻshma Shtatlari,[6] Avstraliya,[7] Kanada,[8] Isroil,[9] Yaponiya,[10] Niderlandiya,[11] Birlashgan Qirollik,[12] Rossiya,[13] Shvetsiya,[14] va Shveytsariya[15] tomonidan terroristik tashkilot deb topilgan. Biroq Al-Qoida qarshi keng harbiy va ommaviy kampaniya 2001 yil 11 sentabr terroristik hurujlarigacha boshlanmagan.