Andijonnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Andijonnoma"dan yoʻnaltirildi)
Andijonnoma
Formati A2
Kimga tegishli Andijon viloyati hokimligi
Asos solingan 1921-yil
Bosh muharrir Saidaxmad Shukurov[1]
Tili o'zbek
Bosh ofisi Andijon shahri, A. Navoiy shoh ko'chasi 71-uy
Adadi 3323 nusxa (2019-yil) [2]
Vebsayt https://andijonnoma.uz/

"Andijonnoma" — Andijon viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Andijon shahrida oʻzbek tilida haftada 2-marta chiqadi. Dastlab „Qizil qoʻshchi va dehqon“ nomi bilan (1921-yil 30-maydan), keyinchalik turli nomlarda („Darxon“, „Paxta fronti“; 1938-91 yillarda „Kommunist“) nashr qilingan. 1992-yildan hozirgi nomda. Gazetada turli davrlarda Choʻlpon, Asqad Muxtor, Saida Zunnunova, Olimjon Xoldor kabi yozuvchilar, taniqli tar-jimon Rustam Abdurahmonov faoliyat koʻrsatgan. Turli yillarda tahririyatda mehnat qilgan Gʻulomjon Zaynobitdinov, Obloqul Egamov, Karimjon Yoʻldoshev, Yusufjon Gʻiyosov, Sobirjon Shokarimov, Muhammadjon Abdukarimov, Muqimjon Niyozov, Mahmudjon Norxoʻjayev, Rahbarxon Fayziboyeva, Toʻlqinboy Satimov, Abdumutal Abdullayev, Zahriddin Muhitdinov, Foziljon Siddiqov, Maxpiratxon Tojixalilo-valar Respublikada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor boʻlishgan. Gazeta tah-ririyati tashabbusi bilan 1970-yillarda tashkil etilgan ishchi va qishloq muxbirlari maktabini 2000-yilga qadar 1000dan ziyod tinglovchi bitirdi."Andijonnoma" Andijon viloyatining oynasi sifatida bu yerda boʻlayotgan yirik qurilishlarning borishi haqida ba-tafsil maqolalar yoritgan. Jumladan, Andijon suv ombori qurilishi, Katta Fargʻona kanali qurilishi, toʻqimachilik va yengil sanoat qurilishlari, „An-teks“ hamda boshqa qoʻshma korxonalar qurilishlari doimiy ravishda gazetaning diqqat markazida turgan. 2000-yil 31-mayda „A.“ va „Andijanskaya pravda“ gaz.lari birlashgan taxririyati tashkil etildi. Tahririyatda iqtisodiyot, agro-sanoat, xatlar va ommaviy ishlar, ij-timoiy masalalar va maʼnaviyat hamda sport boʻlimlari ishlab turibdi. Oʻzbek tilidagi gaz.ning adadi 4 mingdan ortiq (2000).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil