Erta homiladorlik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teenage pregnancy“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

26-Iyul 2023, 15:14 dagi koʻrinishi

Erta homiladorlik
Sinonimlari oʻsmirlik davri homiladorligi, erta tugʻruq, oʻsmirlik homiladorligi
AQSh hukumatining erta homiladorlik haqidagi plakati. Qoʻshma Shtatlarda har kuni 1100 dan ortiq oʻsmir qizlar tugʻruqni boshdan kechirishadi[1].
Mutaxassislik Akusherlik
Alomatlar Eklampsiya, tugʻruq isitmasi, erta tugʻilish
Oldini olish Jinsiy taʻlim, homiladorlikdan saqlanish, abstinensiya
Uchrash tezligi yiliga 23 million (dunyo miqyosida)[2]
Oʻlim holati 15—19 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻlim holatlarining asosiy sababi[2]

Erta homiladorlik (shuningdek, erta tugʻruq, oʻsmirlik davri homiladorligi yoki oʻsmirlik homiladorligi deb ham ataladi) — 20 yoshgacha boʻlgan ayol jinisga mansub shaxslarda uchrovchi homiladorlik holati. Ushbu holatlar sirasiga oʻz mamlakatida qonuniy ravishda voyaga yetgan shaxslar bilan sodir bo'lgan vaziyatlar kiradi[3]. JSST oʻsmirlar deb 10–19 yosh oralig'idagi kishilarni hisoblaydi[4]. Homiladorlik tuxum hujayralarining tuxumdondan tana boʻshligʻiga chiqish (ovulyasiya) jarayoni boshlanganidan so'ng, dastlabki hayz kuni o'tkandan keyingi davrdagi jinsiy aloqa davomida sodir bo'lishi mumkin[5]. Organizmi sog'lom, yaxshi rivojlangan qizlarda ilk hayz holati odatda 12 yoshda sodir bo'ladi[6].

Homilador o'smirlar keksa ayollar kabi homiladorlik bilan bog'liq ko'plab muammolarga duch kelishadi. 15 yoshgacha bo'lganlar uchun qo'shimcha tashvishlar mavjud, chunki ular sog'lom homiladorlikni saqlab qolish yoki tug'ish uchun jismoniy jihatdan kamroq rivojlangan bo'lishadi[7]. 15–19 yoshdagi qizlar uchun xavf yoshning biologik ta'siridan ko'ra ko'proq ijtimoiy-iqtisodiy kabi omillar bilan bog'liqdir[8]. Kam vazn bilan yoki erta tugʻilish, kamqonlik (anemiya) va preklampsiya kabi xavflar qizlarning 16 yoshga to'lgunga qadar biologik yoshiga bog'liq emas[9][10].

O'smirlar homiladorligi ijtimoiy muammolar, jumladan, past sifatli ta'limva qashshoqlik bilan uzviy bog'liq. Rivojlangan mamlakatlarda o'smirlik homiladorligi odatda nikohdan tashqarida bo'lib, ko'pincha ijtimoiy stigma bilan bog'liq bo'ladi[11]. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa erta homiladorlik ko'pincha nikohdan keyinda sodir bo'ladi va yarim rejalashtirilgan hisoblanadi. Biroq, bu jamiyatlarda erta homiladorlik toʻyib ovqatlanmaslik va sifatisz sog'liqni saqlash tizimi bilan birlashib, tibbiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Jinsiy ta'limga oid tadbirlar hamda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanish o'smirlik davrida kuzatiluvchi kutilmagan homiladorlik holatlarini kamaytirishi mumkin[12][13].

2015-yilgi ko'rsatgichlarga ko'ra, har 1000 nafar ayolning 47 nafari 20 yoshigacha farzand ko'rishgan. 2015-yildan 2021-yilgacha dunyo bo'ylab o'smir qizlar va yosh ayollarning taxminan 14 foizi 18 yoshdan oldin tug'ishgani ma'lum qilingan[14]. Bu kabi jarayonlar tarixan Afrikada yuqori, Osiyoda esa pastroq bo‘lgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili 16 yoshgacha bo'lgan 2,5 million ayol va 15 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan 16 million ayol farzandli bo'ladi. Bundan tashqari 3,9 million kishi homilasini abort qildiradi. Bu qishloq joylarida shaharlarga qaraganda ko'proq uchraydi. Butun dunyoda homiladorlik bilan bog'liq asoratlar 15 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan ayollar o'limining eng ko'p uchraydigan sababdir.

2021-yilda dunyo bo‘ylab 13,3 million chaqaloq yoki jami chaqaloqlarning qariyb 10 foizining onalari 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar hisoblanadi[15].

Yana qarang

Manbalar

  1. Hamilton, Brady E.; Ventura, Stephanie J. (April 10, 2012). "Birth Rates for U.S. Teenagers Reach Historic Lows for All Age and Ethnic Groups". NCHS Data Brief (Centers for Disease Control and Prevention) (89): 1–8. PMID 22617115. https://www.cdc.gov/nchs/data/databriefs/db89.htm. Qaraldi: April 18, 2012. Erta homiladorlik]]
  2. 2,0 2,1 „Adolescent pregnancy“. World Health Organization (2018-yil 23-fevral). Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
  3. Adolescent Pregnancy. World Health Organization, 2004 — 5 bet. ISBN 978-9241591454. 2017-yil 28-iyulda qaraldi. 
  4. „Adolescent health“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.
  5. „Can a Girl Get Pregnant if She Has Never Had Her Period?“.
  6. „Medscape: Medscape Access“.
  7. Mayor S (2004). "Pregnancy and childbirth are leading causes of death in teenage girls in developing countries". BMJ 328 (7449): 1152. doi:10.1136/bmj.328.7449.1152-a. PMID 15142897. PMC 411126. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=411126. 
  8. Makinson C (1985). "The health consequences of teenage fertility". Family Planning Perspectives 17 (3): 132–139. doi:10.2307/2135024. PMID 2431924. 
  9. "Poor obstetric performance of teenagers: Is it age- or quality of care-related?". Journal of Obstetrics & Gynaecology 24 (4): 395–398. 2004. doi:10.1080/01443610410001685529. PMID 15203579. 
  10. Raatikainen, Kaisa; Heiskanen, Nonna; Verkasalo, Pia K.; Heinonen, Seppo (2006-04-01). "Good outcome of teenage pregnancies in high-quality maternity care" (en). European Journal of Public Health 16 (2): 157–161. doi:10.1093/eurpub/cki158. ISSN 1464-360X. PMID 16141302. http://academic.oup.com/eurpub/article/16/2/157/505752/Good-outcome-of-teenage-pregnancies-in-highquality. 
  11. „Young mothers face stigma and abuse, say charities“. BBC News (2014-yil 25-fevral).
  12. Oringanje, Chioma; Meremikwu, Martin M; Eko, Hokehe; Esu, Ekpereonne; Meremikwu, Anne; Ehiri, John E (3 February 2016). "Interventions for preventing unintended pregnancies among adolescents" (en). Cochrane Database of Systematic Reviews 2016 (2): CD005215. doi:10.1002/14651858.cd005215.pub3. PMID 26839116. PMC 8730506. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8730506. 
  13. International technical guidance on sexuality education: An evidence-informed approach. Paris: UNESCO, 2018 — 18 bet. ISBN 978-92-3-100259-5. 
  14. „Early childbearing can have severe consequences for adolescent girls“. UNICEF (2022-yil dekabr).
  15. United Nations. Department of Economic and Social Affairs. World Population Prospects 2022. Summary of Results, New York.