Tripanosoma cruzi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Divergent08 (munozara | hissa)
Trypanosoma cruzi“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

25-Oktyabr 2022, 08:18 dagi koʻrinishi

Tripanosoma cruzi
Trypanosoma cruzi in human blood Giemsa stain. They are typically seen as a C-shape and have a more pronounced kinetoplast compared to other species.
Ilmiy tasniflash edit
Missing taxonomy template (fix): Trypanosoma
Species:
Binomial name
Template:Taxonomy/TrypanosomaAndoza:Speciesbox/trim Andoza:Speciesbox/getSpecies
Trypanosoma cruzi
Trypanosoma cruzi in human blood Giemsa stain. They are typically seen as a C-shape and have a more pronounced kinetoplast compared to other species.
Scientific classification edit
Domain: Eukaryota
Phylum: Euglenozoa
Class: Kinetoplastea
Order: Trypanosomatida
Family: Trypanosomatidae
Genus: Trypanosoma
Species:
T. cruzi
Binomial name
Trypanosoma cruzi

Trypanosoma cruzi - parazit euglenoidlar turiga mansub. Protozoyalar orasida tripanosomalar xarakterli ravishda boshqa organizmda to'qimalarga kirib olib, qon(birinchi navbatda) va limfa bilan oziqlanadi. Natijada organizmga qarab o'zgarib turadigan kasallikning paydo bo'lish ehtimolini keltirib chiqaradi. Odamlarda chagas kasalligi, otlarda durin va surra, qoramollarda brutsellyozga o'xshash kasalliklar triponosoma orqali kelib chiqadi. Parazitlar uchun triatomin qandalalari infektsiya mexanizmiga muvofiq asosiy vektor hisoblanadi. Triatomin boshpana uchun umurtqali hayvonlarning uyalarini yaxshi ko'radi, u yerda hayvon terisini tishlab qon so'rib oziqlanadi. Hayvonlar bilan aloqada bo'lgan protozoa bilan kasallangan individual triatominlar o'z najasini uy egasining teri yuzasiga qo'yib, tishlaganda, tripanosomalarni yuqtiradi. Infektsiyalangan najasning kirib borishi odam yoki hayvonlarning tishlangan joyini tirnash bilan yanada osonlashadi.

Hayot sikli

Trypanosoma cruzi hayot doirasi hayvonlarning suv omboridan boshlanadi. Odatda sutemizuvchilar, yovvoyi yoki uy hayvonlari, shu jumladan odamlar ham Triatomin qandalasi uchun tashuvchi bo'lib xizmat qiladi. Qon ovqatini olayotganda, u T. cruzi ni yutadi. Triatominda( Triatoma infestans) parazit epimastigot bosqichiga o'tadi. Bu esa parazit uchun ko'payish imkonini beradi. Epimastigotlar ikkiga bo'linish orqali ko'paygandan so'ng, to'g'ri ichakning hujayra devoriga o'tadi va u yerda yuqumlilik xususiyati boshlanadi. Yuqumli T. cruzi metatsiklik tripomastigotlar deb ataladi. Triatomin qandalasi keyinchalik uy egasidan qon so'riganda, u defekatsiya qilib boshlaydi.(T. cruzi o'z ichiga olgan chiqindilarni ko'paytirish bosqichlari). Bu parazitning yagona yuqish yo'li. Natijada, Trumper va Gorla 1991-yil triatominning defekatsiya xatti-harakatlari atrofida uzatish muvaffaqiyati markazlarini topdi.[7][8][9] Tripomastigotlar najasda bo'lib, evglenoid protistlar sinfida dominant bo'lgan xarakterli suzuvchi dumi flagella yordamida uy egasining hujayralariga suzishga qodir.[10]

Triponosomalar uy egasiga tishlash orqali teri butunligini buzib yoki yarasi, shilliq qavatlarni kesib o'tish orqali kiradi. Teri hujayralarida ularning yuzasini qoplaydigan laminin, trombospondin, geparin sulfat va fibronektin kabi makromolekulalar mavjud.[11] Ushbu makromolekulalar parazit va ho'jayin o'rtasida yopishish va parazitning terisini qoplash uchun zarurdir. Triponosomalar teri hujayralari bilan aloqa qilish va bostirib kirish uchun hujayralarning tashqi tomonini qoplaydigan oqsillar tarmog'ini kesib o'tishi kerak. Hujayra tsitoskeletida joylashgan molekulalar va oqsillar ham parazit yuzasiga bog'lanadi va hujayrani bosib olishni boshlaydi.[11]

Patofiziologiya

Odamlarda tripanosomiaz tripanosomaning rivojlanishi bilan bog'lik kasallik. Qonga tushganda tripomastigotaga, to'qimalarda esa amastigotaga aylanadi. Tripanosomiazning o'tkir shakli kirish joyida mahalliy shish hosil qilsada, odatda sezilmaydi. Surunkali shakl infektsiyadan 30-40 yil o'tgach rivojlanishi va ichki organlarga ta'sir qilishi mumkin. (masalan, yurak, qizilo'ngach, yo'g'on ichak va periferik nerv tizimi). Kasallangan odamlar yurak yetishmovchiligidan o'lishlari mumkin. O'tkir holatlar nifurtimoks va benznidazol bilan davolanadi. Ammo surunkali holatlar uchun samarali terapiya hozircha ma'lum emas. 

Kardiyak ko'rinishlar

Chagas kasalligi rivojlanishi barcha kardiyomiyopatiyalar bilan yuzaga keladigan bir nechta jarayonlarni rivojlantiradi. Ulardan biri- yallig'lanish reaktsiyasi. Yallig'lanishdan keyin hujayralar shikastlanishi sodir bo'ladi. Organizmning hujayra shikastlanishini tiklashga urinishida yurak to'qimalarida fibroz yuzaga kelishi mumkin.[12]

Surunkali Chagas kasalligining deyarli barcha holatlarida kuzatiladigan yana bir kardiyomiyopatiya bu tromboembolik sindromdir. Tromboemboliya trombozni shakllanishini tavsiflaydi va uning asosiy asoratlari emboliya, trombni tomirning distal qismiga olib borish va u yerda tiqilib qolish bilan kechadi. Ushbu hodisa bemorning o'limiga to'rtta usulda sabab bo'ladi: aritmiya, yurak kengayishiga ikkilamchi turg'unlik, mural endokardit va yurak fibrozi. Ushbu tromblar miya, taloq va buyrak kabi boshqa organlarga ham ta'sir qiladi.[13]

Miyokardning biokimyoviy javobi

Epikardial shikastlanishlar

Shikastlanish ingichka ichakda toshmalar paydo bo'lishi bilan ekzofitik epikardial qalinlashuv tavsiflanadi, ya'ni o'sish massa markazida emas, balki epikard chegarasida sodir bo'ladi. Sut dog'lari va chagasik rosarydan farqli o'laroq, yallig'lanish hujayralari va tomirlar vorsinka blyashkalari mavjud. Vorsinka blyashka yallig'lanish hujayralarini o'z ichiga olganligi sababli, bu lezyonlar sut dog'lari yoki chagasi yaqinda paydo bo'lgan deb taxmin qilish mumkin.[14]

Virulentlik kimyosi

T. cruzi prostaglandinlarni o'zi ishlab chiqarmaydi. Bu to'g'risida Pinge-Filho va boshqalar izlanish olib borganlar va 1999-yilda parazit sichqonlarni 2-seriyali prostaglandinlarning o'zlarini ortiqcha ishlab chiqarishga undashini aniqladilar.[15] Ushbu PG 2 immunosupressivdir va shuning uchun immunitetdan saqlanishga yordam beradi.[15]

Imipraminlar tripanotsiddir.[15] Doyle va Weinbach 1989-yilda imipramin va uning turli hosilalari – 3-Xlorimipramin, 2-Nitroimipramin va 2-Nitrodesmetilimipraminlarning tripanosid ta'sirini topdilar.[15] Ular orasida eng samaralisi 2-Nitrodesmetilimipramindir.[15]

Epidemiologiya

T. cruzi tarqalishi AQShning janubi-g'arbiy qismida aniqlangan. AQShning uy va yovvoyi hayvonlari T. cruzi uchun yashash muhiti hisoblanadi. AQSh janubidagi triatomin qandala turlari inson qonini iste'mol qiladi, ammo triatominlar AQShning odatiy uy-joylarida uchramasligi sababli, AQSh aholisi uchun xavf tug'dirmaydi.[16]

Chagas kasalligining geografik tarqalishi butun dunyo bo'yicha deyarli hamma noyda uchraydi. Uning manbasi asosan yovvoyi hayvonlar. Chagas yuqumli kasallik bo'lib, turli yo'llar bilan yuqishi mumkin: tug'ma yuqtirish, qon quyish, organlarni transplantatsiya qilish, yuqtirilgan hasharotlarning najas bilan ifloslangan, yaxshi pishirilmagan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish va tasodifiy laboratoriya ta'siri. 

130 dan ortiq turlar bu parazitni yuqtirishi mumkin[17]

Oltita taksonomik sub birlik tan olingan.[18]

Klinikasi

Yuqish muddati uy egasi najas bilan aloqa qilgandan keyin besh-o'n to'rt kun davom etadi. Chagas kasalligi ikki bosqichdan o'tadi: o'tkir va surunkali. O'tkir bosqich ikki haftadan ikki oygacha davom etishi mumkin. Bunda belgilar sezilmasligi mumkin, chunki simptomlar kichik va qisqa muddatda o'tib ketadi. O'tkir bosqichning belgilari shish, isitma, charchoq va diareyadan iborat. Surunkali bosqichda ovqat hazm qilish muammolari, ich qotishi, yurak yetishmovchiligi va qorin bo'shlig'idagi og'riqlar kuzatiladi.

Chagas kasalligi uchun Vaksinalar mavjud emas. Epidemiologik boshqarish va kasalliklarning oldini olishning eng koʻp qoʻllaniladigan usuli tibbiy ko'rikdan o'tib turish[19], asosan, insektitsidlardan foydalanish va teriga hasharotlarga qarshi vositalarni qoʻllash, himoya kiyimlarini kiyish va sayohat paytida yuqori sifatli mehmonxonalarda qolish, ovqat tayyorlashda go'sht mahsulotlarini yaxshi qovurilganligiga e'tibor qaratish kabi profilaktika choralarini koʻrish orqali amalga oshiriladi. Eng asosiysi, uy-joylar va ularning atrofini toza tutish kasallikka chalinish havfini sezilarli kamaytiradi. [20]

Genetik almashinuv

T. cruzi dala populyatsiyalari orasida genetik almashinuv aniqlangan.[21] Bu jarayon genetik rekombinatsiyani, shuningdek, meiotik mexanizmni o'z ichiga oladi. Jinsiy ko'payish qobiliyatiga qaramay, T. cruzi ning tabiiy populyatsiyalari klonal populyatsiya tuzilmalarini namoyish etadi. Natijada, tez-tez jinsiy ko'payish hodisalari birinchi navbatda yaqin qarindoshlar o'rtasida sodir bo'lib, aniq klonal populyatsiya tuzilishi paydo bo'ladi.[22]

Manbalar

  1. Chagas, C. (1909). "Neue Trypanosomen: Vorläufige mitteilung" (de). Archiv für Schiffs-und Tropenhygiene 13: 120–122. 
  2. Chagas, Carlos (1909). "Nouvelle espèce de trypanosomiase humaine" (fr). Bulletin de la Société de Pathologie Exotique 2 (6): 304–307. http://www.pathexo.fr/documents/articles-bull/T102-5-352-355.pdf. 
  3. Chagas, C. (1909). "Nova especie morbida do homem, produzida por um Trypanozoma (Trypanozoma cruzi): nota prévia" (fr). Brazil-Medico 23 (16): 161. 
  4. Chagas, C. (1909). "Neue Trypanosomen: Vorläufige mitteilung" [New trypanosome. Preliminary communication]. Archiv für Schiffs-und Tropenhygiene (in German). 13: 120–122.
  5. Chagas, Carlos (1909).
  6. Chagas, C. (1909).
  7. Krinsky, William L.. Medical and veterinary entomology Mullen: . Academic Press, 2002 — 67–86/xv–597 bet. DOI:10.1016/B978-012510451-7/50007-4. ISBN 978-0-12-510451-7. OCLC 50752006. 
  8. American trypanosomiasis Chagas disease : one hundred years of research Telleria: . Elsevier, 2017. DOI:10.1016/B978-0-12-801029-7.00007-1. ISBN 978-0-12-801029-7. OCLC 971022099. 
  9. Sant’Anna, Maurício Roberto Viana; Soares, Adriana Coelho; Araujo, Ricardo Nascimento; Gontijo, Nelder Figueiredo; Pereira, Marcos Horácio (2017). "Triatomines (Hemiptera, Reduviidae) blood intake: Physical constraints and biological adaptations". Journal of Insect Physiology (Elsevier) 97: 20–26. doi:10.1016/j.jinsphys.2016.08.004. ISSN 0022-1910. PMID 27521585. 
  10. Kohl, Linda „The Flagellum of Trypanosomes“,. A Survey of Cell Biology, International Review of Cytology Jeon: , 2005 — 227–85 bet. DOI:10.1016/S0074-7696(05)44006-1. ISBN 978-0-08-045779-6. 
  11. 11,0 11,1 Ley, Victoria; Andrews, Norma W.; Robbins, Edith S.; Nussenzweig, Victor (1988). "Amastigotes of Trypanosoma cruzi sustain an infective cycle in mammalian cells". Journal of Experimental Medicine 168 (2): 649–59. doi:10.1084/jem.168.2.649. PMID 3045248. PMC 2189010. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2189010. 
  12. Leiby, David A.; Herron Jr, Ross M.; Read, Elizabeth J.; Lenes, Bruce A.; Stumpf, Robert J. (2002). "Trypanosoma cruzi in Los Angeles and Miami blood donors: Impact of evolving donor demographics on seroprevalence and implications for transfusion transmission". Transfusion 42 (5): 549–55. doi:10.1046/j.1537-2995.2002.00077.x. PMID 12084162. 
  13. Marin-Neto, Jose Antonio; Cunha-Neto, Edécio; MacIel, Benedito C.; Simões, Marcus V. (2007). "Pathogenesis of Chronic Chagas Heart Disease". Circulation 115 (9): 1109–23. doi:10.1161/CIRCULATIONAHA.106.624296. PMID 17339569. 
  14. Benvenuti, Luiz Alberto; Gutierrez, Paulo Sampaio (2007). "Lesões epicárdicas na cardiopatia chagásica são reflexo de processo inflamatório [Epicardial lesions in Chagas' heart disease reflect an inflammatory process]" (pt). Arquivos Brasileiros de Cardiologia 88 (4): 496–8. doi:10.1590/S0066-782X2007000400022. PMID 17546284. 
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 Lieb, Julian (2004). "The immunostimulating and antimicrobial properties of lithium and antidepressants". Journal of Infection (British Infection Association (Elsevier)) 49 (2): 88–93. doi:10.1016/j.jinf.2004.03.006. ISSN 0163-4453. PMID 15236914. 
  16. Stevens, Lori; Dorn, Patricia L.; Hobson, Julia; de la Rua, Nicholas M.; Lucero, David E.; Klotz, John H.; Schmidt, Justin O.; Klotz, Stephen A. (2012). "Vector Blood Meals and Chagas Disease Transmission Potential, United States". Emerging Infectious Diseases 18 (4): 646–649. doi:10.3201/eid1804.111396. PMID 22469536. PMC 3309679. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3309679. 
  17. Monteiro, Fernando Araujo „Evolution, Systematics, and Biogeography of the Triatominae, Vectors of Chagas Disease“,. Advances in Parasitology, 2018 — 265–344 bet. DOI:10.1016/bs.apar.2017.12.002. ISBN 978-0-12-815192-1. 
  18. Reis-Cunha, João Luís; Baptista, Rodrigo P.; Rodrigues-Luiz, Gabriela F.; Coqueiro-dos-Santos, Anderson; Valdivia, Hugo O.; de Almeida, Laila Viana; Cardoso, Mariana Santos; D’Ávila, Daniella Alchaar et al. (13 November 2018). "Whole genome sequencing of Trypanosoma cruzi field isolates reveals extensive genomic variability and complex aneuploidy patterns within TcII DTU". BMC Genomics 19 (1): 816. doi:10.1186/s12864-018-5198-4. PMID 30424726. PMC 6234542. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6234542. 
  19. Quinde-Calderón, Leonardo; Rios-Quituizaca, Paulina; Solorzano, Luis; Dumonteil, Eric (2016). "Ten years (2004–2014) of Chagas disease surveillance and vector control in Ecuador: Successes and challenges". Tropical Medicine & International Health 21 (1): 84–92. doi:10.1111/tmi.12620. PMID 26458237. http://www.dspace.uce.edu.ec/bitstream/25000/5241/1/Ten%20years%20of%20Chagas%20disease%20surveillance%20and%20vector%20control%20in%20Ecuador%20successes%20and%20challenges.pdf. 
  20. „CDC Works 24/7“. Centers for Disease Control and Prevention. Qaraldi: 2016-yil 16-aprel.
  21. "Evidence and importance of genetic exchange among field populations of Trypanosoma cruzi". Acta Trop. 151: 150–5. 2015. doi:10.1016/j.actatropica.2015.05.007. PMID 26188331. PMC 4644990. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4644990. 
  22. Berry, Alexander S. F.; Salazar-Sánchez, Renzo; Castillo-Neyra, Ricardo; Borrini-Mayorí, Katty; Chipana-Ramos, Claudia; Vargas-Maquera, Melina; Ancca-Juarez, Jenny; Náquira-Velarde, César et al. (20 May 2019). "Sexual reproduction in a natural Trypanosoma cruzi population". PLOS Neglected Tropical Diseases 13 (5): e0007392. doi:10.1371/journal.pntd.0007392. PMID 31107905. PMC 6544315. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6544315.