Gʻarbiy Afrikadagi Ebola virusi epidemiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yangi
(Farq yoʻq)

15-Oktyabr 2014, 17:50 dagi koʻrinishi

Ebola virusli kasalining epidemiyasi Gʻarbiy Afrikaning baʼzi qismlarida davom etmoqda. Epidemiya 2013-yil dekabrda Gvineyada boshlanib keyin Liberiya va Syerra-Leonega tarqadi.[1] Epidemiya kichikroq koʻlamda Niger va Senegalda ham yoyildi, ammo bu mamlakatlarda uni toʻxtatishga erishildi.[2] AQSh va Ispaniyada tibbiy xodimlarga bemorlarlardan kasallikning yuqishi kuzatildi, ammo bu mamlakatlarda epdimediyaning tarqalish xavfi yoʻq.[3][4] 2014-yilning oktabrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari hamda mahalliy hukumatlar kasallanganlar soni 8 400, halok boʻlganlar soni boʻlsa 4 033 ga yetgani haqida xabar berdilar (kasallanganlarning 4 633 va halok boʻlganlarning 2 423 nafari laboratoriyada tasdiqlangan).[5][6][7][8][9] Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu raqamlar epidemiyaning koʻlamini kamaytirib koʻrsatishini,[10] aslida kasallanishlar soni 2,5 marotaba koʻp boʻlishi mumkinligini bildirdi.[11] 14-oktabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bosh direktori oʻrinbosari 2014-yilning dekabr oyiga kelib haftasiga 10 000 kishi ebola kasalini yuqtirishi mumkinligini taʼkidladi.[12]

Manbalar

  1. WHO Ebola Response Team. „Ebola Virus Disease in West Africa — The First 9 Months of the Epidemic and Forward Projections“ (2014-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 23-sentyabr.
  2. „Ebola contained in Nigeria, Senegal - US health officials“ (2014-yil 30-sentyabr).
  3. „Una enfermera que atendió al misionero fallecido García Viejo, contagiada de ébola“ (Spanish). El Mundo (2014-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-oktyabr.
  4. „WHO: Ebola Outbreak Situation Report“ (2014-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  5. „WHO: Ebola Outbreak Situation Report“ (2014-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  6. „Sierra Leone: EBOLA VIRUS DISEASE - SITUATION REPORT (Sit-Rep)“ (12-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  7. „Liberia:Liberia Ebola SitRep no. 149“. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  8. „OCHA: Guinea Ebola Virus Disease(EVD) Outbreak“. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  9. „Ebola outbreak: Second Texas health worker 'tests positive'“. BBC. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  10. „Ebola virus disease, West Africa – update 22 August 2014“. WHO. Qaraldi: 2014-yil 18-sentyabr.
  11. Martin I. Meltzer, PhD, et al. „Estimating the Future Number of Cases in the Ebola Epidemic — Liberia and Sierra Leone, 2014–2015“. Centers for Disease Control and Prevention (2014-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-sentyabr.
  12. „WHO: New Ebola Cases Could Be Up To 10,000 Per Week In 2 Months“. The Huffington Post (2014-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-oktyabr.