Kontent qismiga oʻtish

„Garashsizliq“ stadioni

Koordinatalari: 41°50′25″N 59°58′18″E / 41.840373°N 59.971619°E / 41.840373; 59.971619
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Garaşsyzlyk Stadium
Joyi Toshoʻgʻuz, Turkmaniston
Koordinatalari 41°50′25″N 59°58′18″E / 41.840373°N 59.971619°E / 41.840373; 59.971619
Qachon taʼmirlangan 2013
Egasi Toshoʻgʻuz hokimligi
Hajmi 10, 000

Garashsizliq stadioni (turkcha: Daşoğuz Stadyumu) – Turkmanistonning Toshoʻgʻuz shahridagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari davomida foydalaniladi. Stadion 10 000 kishiga moʻljallangan.

2011-yil fevral oyida Rossiyaning „Rus Kurort Stroy“ kompaniyasi stadionni rekonstruksiya qilishni boshlagan[1]. Ish jarayoni noldan boshlanib, katta hajmdagi ish bor boʻlgan[2][3]. 2013-yil iyun oyida stadion toʻliq taʼmirlanganidan soʻng ochilish marosimi boʻlib oʻtgan[4]. Stadion maydon yuzasi yangi maysazor bilan qoplangan, yugurish yoʻlaklari bilan jihozlangan va maxsus reklama shitlari oʻrnatilgan. Stadionda shuningdek maʼmuriy binolar, kiyinish va dush xonalari, ovqatlanish xonasi, matbuot anjumanlarini oʻtkazish zali, tibbiyot punkti bilan ham jihozlangan. Shuningdek stadionda 250 tomoshabinga moʻljallangan ikkita yopiq sport zali, trenajyor va fitnes zallari, murabbiy va hakamlar xonalari, sport anjomlari ombori, voleybol va basketbol maydonlari, tennis kortlari ham mavjud[5].

Toshoʻgʻuzdagi boshqa stadionlar: