Yevropa sugʻurtasi
"Yevropa sugʻurtasi" (inglizcha: Insurance Europe) 2012-yil martigacha tashkilot Yevropa sugʻurta qoʻmitasi (yoki Yevropaning sugʻurta boʻyicha qoʻmitasi, shuningdek, Yevropa sugʻurtachilar qoʻmitasi — fransuzcha: Comité Europeen des Assurance (CEA), inglizcha: European Insurance Committee (EIC) Yevropadagi 37 ta milliy sugʻurta va qayta sugʻurta assotsiatsiyasini birlashtirgan xalqaro tashkilot. 1953-yilda tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Belgiyaning Bryussel shahrida joylashgan. „Yevropa sugʻurtasi“ oʻzida 34 ta milliy sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilar assotsiatsiyasini birlashtiradi, bu Yevropada yigʻilgan barcha sugʻurta mukofotlarining 95% ni tashkil qiladi[1][2].
„Yevropa sugʻurtasi“ ning asosiy vazifasi barcha turdagi sugʻurta va qayta sugʻurtalash kompaniyalarining manfaatlarini ifodalash hamda faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga, komissiya quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
- Sugʻurta nazariyasi va amaliyoti boʻyicha maʼlumotlar taqdim etish;
- Sugʻurta va qayta sugʻurtalash sohasigi oid ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish;
- Ishtirokchi davlatlarning milliy qonunchiligini uygʻunlashtirish;
- Xalqaro tashkilotlarda qo‘mita aʼzolarining manfaatlarini himoya qilish.
„Yevropa sugʻurtasi“ doirasida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar ishlaydi (inglizcha: commitee)[3]:
- hayot sugʻurtasi;
- „hayotdan tashqari“ sugʻurta — hayot sugʻurtasi bilan bogʻliq boʻlmagan sugʻurta turlari;
- tibbiy sugʻurta;
- xalqaro munosabatlar va qayta sugʻurtalash;
- oʻzaro sugʻurta;
- iqtisodiyot va moliya;
- soliqqa tortish;
- statistika;
- ijtimoiy munosabatlar va taʼlim.
Oliy organ — yillik Bosh Assambleya hisoblanadi.
Butunrossiya sugʻurtachilar ittifoqi 2004-yilda Yevropa sugʻurta qoʻmitasiga aʼzo boʻlgan[4].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yevropa sugʻurtasi (Insurance Europe) — matbuot portreti Arxivnaya kopiya
- Yevropa sugʻurta qoʻmitasi — matbuot portreti Arxivnaya kopiya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ефимов С.Л. „Европейский страховой комитет“, . Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. М.: Церих-ПЭЛ, 1996 — 144—145-bet. ISBN 5-87811-016-4.
- ↑ „About the Insurance Europe“ (en). Insurance Europe. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Working bodies“ (en) (deadlink). Insurance Europe. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
- ↑ „ВСС стал членом Европейского комитета страховщиков“ (ru). Страхование сегодня. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-oktyabr.