Kontent qismiga oʻtish

Yakka Tartibda Darajani Ko’tarish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Yakka Tartibda Darajani Koʻtarish" logotipi

„Yakka Tartibda Darajani Koʻtarish“ yoki „Faqat men daraja koʻtaraman“ (koreyscha: 나 혼자만 레벨업) – Chugong tomonidan yozilgan Janubiy Koreya veb-romani. U KakaoPage'da 2016-yil 25-iyuldan boshlab seriallashtirilgan va keyinchalik D&C Media tomonidan 2016-yil 4-noyabrdan boshlab nashr etilgan. „Yakka Tartibda Darajani Koʻtarish“ Yen Press tomonidan ingliz tilida litsenziyalangan.

„Yakka Tartibda Darajani Koʻtarish“ning manga versiyasi KakaoPageʼda 2018-yil 4-martda birinchi marta seriallashtirilgan; u Jang Sung-rak tomonidan chizilgan va birinchi mavsumi 2020-yil 19-martda yakunlangan, ikkinchi mavsum esa 2020-yil avgustidan 2021-yil dekabrigacha chiqarilgan. Vebtoon Yen Press tomonidan ingliz tilida litsenziyalangan. „Yakka Tartibda Darajani Koʻtarish“ boʻlimlari D&C Media tomonidan 2024-yil iyun holatiga koʻra oʻn bir jildda toʻplangan va nashr etilgan.


Netmarble tomonidan Solo Leveling: Arise nomli video oyin chiqarildi. [1]

Ovchilar, sehrli qobiliyatga ega boʻlgan insonlar, insoniyatni yoʻq boʻlib ketishdan saqlash uchun xavfli maxluqlarga qarshi jang qilishlari kerak boʻlgan dunyoda, Sung Jinvu ismli zaif ovchi boʻladi . Bir kuni, deyarli butun jamoasini yoʻq qilgan zindondan zoʻrgʻa tirik qolgach, Tizim deb atalgan sirli dastur uni oʻyinchi sifatida tanlaydi va unga kuchini koʻtarish uchun kam uchraydigan qobiliyat beradi, bu esa hech qanday cheklovlarsiz kuchini koʻtarish uchun imkoniyat beradi. Jinvu keyin zindonlarning sirlarini va oʻz kuchlarining haqiqiy manbasini kashf qilish uchun safarga chiqadi. U tez orada „Soya Monarxi“, yaʼni oʻlganlar ustidan mutlaq hukmronlik qiladigan nekromant boʻlish uchun tanlanganini aniqlaydi. U insoniyatni saqlab qolish uchun kurashadigan yagona Monarx boʻlib, boshqa barcha Monarxlar uni oʻldirish va odamlarni yoʻq qilishga harakat qiladilar.

Maʼlumotnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Solo Leveling, Vol. 1 (novel) | Yen Press“. Yen Press. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  2. „Solo Leveling, Vol. 1 (comic) | Yen Press“. Yen Press. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  3. „ko: :::꿈과 희망이 살아있는 파피루스::: - 나 혼자만 레벨업“ (ko). Papyrus. 2016-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  4. „ko:나 혼자만 레벨업 [독점연재“] (ko). KakaoPage. 2019-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
  5. „Only I level up (Solo Leveling)“. Webnovel. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
  6. „Solo Leveling:Arise“. App Store (2024-yil 18-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  7. Dong, Bamboo „Crunchyroll Unveils Solo Leveling, Tomo-chan Is a Girl! Anime“. Anime News Network (2022-yil 3-iyul). 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Solo Leveling

  1. „Korea's webtoon Solo Leveling on path to be adapted to game, drama, film“ (en-US). Pulse by Maeil Business News (2021-yil 14-aprel). 2022-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.