Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Zuhriddin2

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temuriylar tarixi davlat muzeyi — Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida 1996-yilda bunyod etilgan tarix muzeyi. Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, gʻisht, turli beton blok va yengil tayyorlangan sunʼiy qurilish uskunalari qoʻllanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Qurilishda Toshkent sh. hokimiyati, "Turon" firmasi, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, "Oniks" korxonasi (30 dan ortiq kattakichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, ogʻirligi 2 t, bal. 8 m "Zumrad" qandil ishlab bergan), "Us to" birlashmasi qatnashgan.