Foydalanuvchi:Marjona.Ubaydullayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LUTFIYNING CHARXI KAJRAFTOR ELIDIN YOZAMEN GAZALINING FONETIK QURILISHI


UBAYDULLAYEVA MARJONA, Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti talabasi


Anotatsiya. Ushbu maqolada Lutfiyning Charxi kajraftor elidin yozamen deb nomlangan tuyugining fonetik tahlili haqida malumot berilgan. Maqolada fonetik birliklarning strukturasi, til tizimidagi orni, fonetik tamoyil va fonetik hodisalarning voqelanishini bir tuyuq misolida tahlil qilingan. Аннотация. В данной статье представлена ​​информация о фонетическом анализе фразы Лютфии «Чархи кажрафтор элидин ёзамен». В статье на одном примере анализируется строение фонетических единиц, их место в системе языка, фонетический принцип и возникновение фонетических явлений. Annotation. This article provides information on the phonetic analysis of Lutfii's phrase "Charkhi kajraftor elidin yozamen". In the article, the structure of phonetic units, their place in the language system, the phonetic principle and the occurrence of phonetic phenomena are analyzed in one example.

Kalit so’zlar. Tuyuq, lison, fonetika, struktura, fonetik hodisa, fonetik tamoyil.

Ключевые слова. Туюк, язык, фонетика, структура, фонетический феномен, фонетический принцип.

Key words. Tuyuq, language, phonetics, structure, phonetic phenomenon, phonetic principle.

Tuyuq janri adabiyotshunoslikda keng qollaniluvchi janrlardan biridir. Uning dastlabki namunalari adabiyotshunoslik fanida milodiy XIV asr oxiri XV asrning boshlarida qollanila boshlandi. Uning gozal namunalari Lutfiy ijodiy merosida ham mavjud. 

Mavlono Lutfiyning hayot yoli singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli. U 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi oqish, organish va badiiy ijod mehnati bilan otgan. Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida malumot berilishicha, Lutfiy umrining oxirlarida «oftob» radifli bir sher yozgan, osha zamonning kop shoirlari unga tatabbu qilganlar, ammo ulardan hech biri Lutfiyning «panjasiga panja» ura olmaganlar. U songgi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, ozbek sheriyati xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, tuyuqning gozal namunalarini yaratdi. Tuyuq shaklan bir-biriga oxshash, lekin mazmunan turli manoga ega bo’lgan qofiyalar bilan qurilgan to’rt misrali she’riy janrdir. Tuyuq – turkiy xalqlar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. Tuyuq to’rt misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; a-a-b-a, baʼzan a-b-v-b tarzida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Mavlono Lutfiy o’z zamonasida o’zbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyondasi. Ko’proq turkiy tildagi she’riyatga taalluqli so’zlar vositasida tuyuqlar yaratgan. Lutfiyning “Charxi kajraftor elidin yozamen” deb boshlanuvchi tuyugI ham oziga xos rang-baranglik kasb etgan.

Charxi kajraftor elidin yozamen, 'Chiqmadim hijron qishidin yoza men. Bir meni yorliq birla yod etmas ul, Har necha ul shahga qulluq yozamen.


Bunda Charxi kajraftor (teskari aylanuvchi zamon upside daw world) elidan noroziman, chunki hijron (ayriliq) qishidan yozga chiqa olmadim. Har qancha shohga iltifotli maktub yozganim bilan meni bir maktub bilan u yod etmadi kabi mano kasb etgan. Maqolada har bir misra fonetik tahlil qilingan. Tuyuqning birinchi misrasida Tilning vertikal harakatiga kora: i, e, a; old qator unli tovuslari toqqiz orinda ishtirok etgan. Shu bilan birga, ikki orinda orqa qator unlilar: o, Tilning gorizontal ishtirokiga kora: uch orinda yuqori tor: i, ikki orinda orta keng: e, olti orinda quyi keng unlilari: a, o tovushlari, lablarning ishtirokiga kora esa: on bir orinda lablanmagan unli qollanilgan. Shu bilan birga tuyuqdagi bir misrada undosh tuvushlarning barcha tasnifiga oid tovushlarni kuzatish mumkin. Quyida misraga oid undosh tovushlar statistikasi bayon etiladi. Misrada besh orinda jarangsiz undosh tovush x, k, f, t, ch, on ikki orinda jarangli undosh r, j, l, d, n, y, z, m, n, besh orinda tilda talaffuz meyorlariga kura jarangsiz juftiga ega bolmagan jarangli undosh r, m, n, l, y, ikki ta lab undoshi: lab-lab undoshi: m, lab-tish undoshi: f, on ta til undosh tovushi qatnashgan. jumladan: a) til oldi undoshi: d, t, z, l, n, ch, j; b) til orqa undoshi: k; c) til orta undoshi: y; d) chuqur til orqa undoshi: x undosh tovushlari qollanilgan. Tuyuqning barcha misralarida fonetik sathning barcha tasnifga oid jihatlarini kuzatish mumkin. Shu bilan birga, mazkur tuyuqda hozirgi grammatikamizga oid yozuv tamoyilining tarixiy tamoyili asosidagi birliklarning ustuvorligi tuyuq yaratilgan davrdan malumot beradi. Xulosa ornida aytish lozimki, til strukturasi jihatidan bir paradigmada bolgan tovushlar leksema sifatida nutqiy korinish tarzida voqelanganda har biri eng kichik mano farqlash uchun xizmat qiladigan birlik sifatida nomoyon boladi. Shu bilan birga mazkur tuyuqning bir misrasidagi fonetik tahlil statistikasi til tovushlarining qollanilish chostotasini ham oydinlashtirish imkonini beradi.

Foydalanigan adabiyotlar royxati: B.Qosimov. Milliy uygonish davri ozbek adabiyoti. T.: 2006. Mirtojiyev M.O'zbek tili fonetikasi .Toshkent;,fan,2013 Jamolxonov X. O'zbek tilining nazariy fonetikasi.O'quv qo'llanma.- toshkent fan ,2009 Zamonaviy o'zbek tili.Morfologiya.Darslik..-Toshkent .Mumtoz so'z 2008 Turkumlar Lutfiy tuyuqlari