Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Dostonbek Sharipov Parkent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ayollar daftari haqida hammasi

“Ayollar daftari” asosida ishga joylashtirish hamda ijtimoiy yordam berishga oid bo‘lgan so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin. Jamiyatimizning barcha qatlamlarini tengdek muhofaza qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilinishi ta’minlanishi uchun davlatimizda “Ayollar daftari” yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu daftar ishsiz va yordamga muhtoj barcha xotin-qizlarning ehtiyojlarini taxminlashga xizmat qiladi va ularning turmush tarziga bevosita ta’sir qiladi.

“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.


Ayollar daftari»ni shakllantirish me’zonlari

Birinchi navbatda, har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar); boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo‘lmagan, qo‘shimcha moddiy yordamga muhtojlar); ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtojlar); uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan, yolg‘iz yashaydigan, uy-joyini ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganlar); noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar (ma’muriy binolar, yerto‘lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo‘ljallanmagan boshqa binolarda yolg‘iz yoki oila a’zolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar); qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud yolg‘iz ayollar; tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o‘zi va birgalikda yashovchi oila a’zolari og‘ir ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmaganlar); huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo‘lgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilganlar); psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar). Shuningdek, xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda o‘rganiladi:

sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari, faollari va mahalladagi mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi” bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish orqali; xotin-qizlarning murojaatlarini, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash


Xotin-qizlarning muammolarini tez, oson va sifatli hal qilish uchun ushbu muammolar tizimli hal qilinishi lozim. Shu boisdan ham xotin-qizlarning muammolar quyidagi ravishda hal qilinadi:


1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

tuman (shahar)lar hokimliklari, investitsiya bo‘limlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish; tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish; tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish; tuman (shahar)lar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish; ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash choralarini ko‘rish. 2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish; parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish; dehqonchilik bilan shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama ko‘maklashish; “Tomorqa xizmati”tashkilotlariva“Dala do‘konlari”ni tashkiletish. “Ayollardaftari”ga kiritilganxotin-qizlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar tomonidan dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish, ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezianquduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektrenergiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘lik ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratishishlari amalga oshiriladi.


3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish

Mikrokredit bank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda biznes loyihalarni tuzishni o‘rgatish; kredit olishgako‘maklashish. Kreditlar“Ayollardaftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Bunda kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigachamiqdorda ajratiladi.

Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Kreditlar qarz oluvchining suda hisob varag‘idan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisob varag‘iga pul o‘tkazish o‘li bilan ajratiladi.

Kreditlar “Ayollardaftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi bo‘yicha alfavit tartibida shakllantirilgan qat’iy navbat asosida ajratiladi.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalari xarid qilish uchun subsidiyalar beriladi.


4. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Ayollardaftari” ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari dan to‘rtbaravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Bir martalik moddiy yordam olgan xotin-qizlar “Ayollardaftari” dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta kiritilgan hollarda, birmartalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida birmarotaba beriladi.


5.“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning sog‘ligi 2




Махсус имкониятлар

Булунғур туман ҳокимлиги

Расмий веб-сайти

Toggle navigation “Ayollar daftari” haqida hammasi 02.02.2022 - 16:07



“Ayollar daftari” nima? Unga kimlar kiritiladi? Ro‘yxatga kirgan xotin-qizlarga qanday yordamlar ko‘rsatilishi mumkin? “Ayollar daftari”dan chiqarish tartibi qanday?


Shuningdek, “Ayollar daftari” asosida ishga joylashtirish hamda ijtimoiy yordam berishga oid bo‘lgan so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.


Kirish

Jamiyatimizning barcha qatlamlarini tengdek muhofaza qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilinishi ta’minlanishi uchun davlatimizda “Ayollar daftari” yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu daftar ishsiz va yordamga muhtoj barcha xotin-qizlarning ehtiyojlarini taxminlashga xizmat qiladi va ularning turmush tarziga bevosita ta’sir qiladi.

“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.


Ayollar daftari»ni shakllantirish me’zonlari

Birinchi navbatda, har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar); boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo‘lmagan, qo‘shimcha moddiy yordamga muhtojlar); ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtojlar); uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan, yolg‘iz yashaydigan, uy-joyini ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganlar); noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar (ma’muriy binolar, yerto‘lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo‘ljallanmagan boshqa binolarda yolg‘iz yoki oila a’zolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar); qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud yolg‘iz ayollar; tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o‘zi va birgalikda yashovchi oila a’zolari og‘ir ijtimoiy vaziyatda bo‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmaganlar); huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo‘lgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilganlar); psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar). Shuningdek, xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda o‘rganiladi:

sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari, faollari va mahalladagi mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi” bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish orqali; xotin-qizlarning murojaatlarini, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali.


“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash


Xotin-qizlarning muammolarini tez, oson va sifatli hal qilish uchun ushbu muammolar tizimli hal qilinishi lozim. Shu boisdan ham xotin-qizlarning muammolar quyidagi ravishda hal qilinadi:


1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

tuman (shahar)lar hokimliklari, investitsiya bo‘limlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish; tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish; tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish; tuman (shahar)lar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish; ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash choralarini ko‘rish.


2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish; parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish; dehqonchilik bilan shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama ko‘maklashish; “Tomorqa xizmati”tashkilotlariva“Dala do‘konlari”ni tashkiletish. “Ayollardaftari”ga kiritilganxotin-qizlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar tomonidan dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish, ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezianquduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektrenergiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘lik ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratishishlari amalga oshiriladi.


3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish

Mikrokredit bank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda biznes loyihalarni tuzishni o‘rgatish; kredit olishgako‘maklashish. Kreditlar“Ayollardaftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Bunda kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Kreditlar qarz oluvchining suda hisob varag‘idan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisob varag‘iga pul o‘tkazish o‘li bilan ajratiladi.

Kreditlar “Ayollardaftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi bo‘yicha alfavit tartibida shakllantirilgan qat’iy navbat asosida ajratiladi.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalari xarid qilish uchun subsidiyalar beriladi.


4. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Ayollardaftari” ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari dan to‘rtbaravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Bir martalik moddiy yordam olgan xotin-qizlar “Ayollardaftari” dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta kiritilgan hollarda, birmartalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida birmarotaba beriladi.


5.“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning sog‘ligi sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli tibbiyot xodimlarini jalb qilgan holda o‘rganiladi; o‘rganish natijasi bo‘yicha kasallik aniqlangan va tibbiyyordamga muhtoj xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi; tibbiy ko‘rik natijasi yuzasidan ko‘rsatma bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulator sharoitda davolanadi; ahvoli og‘ir bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatma bo‘yicha viloyat ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yoki respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga davolanish uchun bepul order ajratiladi; nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.


6. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish

Huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlarga sayyor qabullarorqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatiladi:

prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish; ichki ishlar organlari — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoyaqilish; adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.


7. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish Psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, ta’lim muassasalarining, faoliyati psixologik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.


“Ayollar daftari”dan chiqarish tartibi

Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi:

bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda; bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda; turarjoy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab berilganda; malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda; to‘liq davlat ta’minotiga olinganda; aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda; o‘z arizasiga ko‘ra; “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda; Boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda; Sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda; Xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda; Shaxs vafot etgan taqdirda. “Ayollar daftari”ga ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan xotin-qizlarning barcha masalalari to‘liq hal etilishi “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun asos bo‘ladi Xotin-qizlarni psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji bor bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarga “Ayollar daftari” asosida ishga joylashtirish hamda ijtimoiy yordam berishga oid bo‘lgan so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–6260-son, 13.07.2021 y.) https://lex.uz/docs/5512119

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5209-son, 04.08.2021 y.) https://lex.uz/docs/5552394

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–5033-son, 23.03.2021 y.) https://lex.uz/docs/5339469

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5020-son, 05.03.2021 y.) https://lex.uz/docs/5320582 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori (210-son, 14.04.2021 y.) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgai yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (637-son, 12.10.2021 y.) https://lex.uz/docs/5676240 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (585-son, 17.09.2021 y.)[1] https://lex.uz/docs/5640194 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi Nizom (507-son, 09.08.2021 y.)[1] https://lex.uz/docs/5562779

  1. „O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (585-son, 17.09.2021 y.)“.