Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Desantchik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoshlarga qaratilgan e‘tibor

Yoshlarga imkoniyat yaratish – kelajak uchun qo’yilgan mustahkam poydevordir.

          Annotatsiya
     Ushbu maqolada yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda  2017-yil 7- fevralda  yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasining o’rni va shu strategiya doirasida amalga oshirilayotgan islohatlar haqida atroflicha yoritilib, amaliyoga tadbiq qilingan dasturlar haqida ma’lumotlar keltirildi. Shuningdek maqola mazmunida Harakatlar strategiyasida  yoshlarning barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun zarur shart–sharoitlar yaratish borasida yoshlar dunyoqarashini shakllantirishning ustuvor yo’nalishlari tamoyili olg’a surilgan.

Kalit so’zlar: O’zbekiston, ta’lim, Harakatlar strategiyasi, yoshlar, o’rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, renessans, pedagog, sinf rahbari, ota-ona, kelajak poydevori.

 Yurtimizda amalga oshirilayotgan oxirgi yillardagi islohatlar  kelajakni o’ylab, ancha teran va puxta o’ylangan g’oyalar asosida tadbiq qilinayotganini guvohi bo’lmoqdamiz.Ayniqsa yoshlarga e’tibor kuchayganligini yoshlarga qaratilgan siyosatdagi asosiy g’oya yosh avlodni ruhan barkomol, aqlan yetuk, vatanga muhabbat, o’z kelajagiga befarq bo’lmagan, o’z so’zini ayta oladigan shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladigan, muhum va ustuvor vazifalarga o’rinli yondashgan holda, davlat tomonidan tadbiq qilingan isloxatlarning  maxsus dasturlari orqali o’z ifodasini topmoqda. 
  Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil          7-fevral sanasida imzolagan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’risida”gi farmonini qabul qilinishi va shu dasturning doirasida qabul qilingan qonunlar, farmonlar va farmoyishlarning aksariyati yosh avlodga qaratilganligi quvonarli holat albatta. Ushbu strategiyaning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblangan  “ijtimoiy sohani rivojlantirish” sohasi doirasida amalga oshirilayotgan amaliy dasturlar sirasiga aholini ish bilan taminlash bilan birgalikda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan islohatlarni hayotga tadbiq qilishi bilan yoshlarga qaratilgan  e’tibor, ishonch anchagina ortganini guvohi bo’lmoqdamiz.
 Bu borada  yaqin to’rt yil davomida zamonga mos anchagina o’zgarishlar va yangiliklar bo`ldi: misol uchun Prezidentimiz tashabusi bilan 2017-yil 9-sentyabrda yangi vazirlik “Maktabgacha ta’lim vazirligi” tashkil etilganligi va sohani rivojlantirish uchun juda ko’plab qaror, qonun va farmonlarni ishlab chiqilib tadbiq etilayotganigi yorqin dalil bo’lib xizmat qiladi. 
 Chunonchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 16-dekabrda O’RQ-595-sonli “maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qabul qilingan qonun bu soxani yanada rivojlantirishga turtki bo’ldi desak adashmagan bo’lamiz, 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ishlab chiqgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonunni yangi tahriri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi, ushbu qonun 11 bob 75 moddadan iborat bo’lib, oldingi tahrirdan bir qator o’zgartirishlar kiritilganligi bilan farq qiladi. Xususan ushbu qonunning 9-moddasida umumiy o’rta va o’rta maxsus ta`limi turkimidagi bosqichlarga o’zgartirishlar kiritilganligiga guvoh bo’lamiz.

Shuningdek yoshlarni fikr mulohazalarini tinglash va amaliy yordam berishni ta’minlash sohasini yanada keng qamrovli amalga oshirish uchun  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30- iyun  sanasida PF-6017-sonli farmoni asosida “Yoshlar ishlari agentligi” tashkil etilishi tom ma’noda yoshlarga bo’gan munosabatni o’zgartirilishiga turtgi bo’ldi.

Yana bu islohatlarni mantiqiy ajralmas qismi bo’lgan davlat siyosatida yoshlarni o’rnini belgilovchi O’bekiston Respublikasi Oliy Majisi Senati qoshida tashkil qilingan “Yoshlar parlamenti” alohida o’rin egallaydi. Yoshlar Parlamentining tashkil qilinishi bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 21-bandi ijrosini ta’minlash bilan bog’liq. Ushbu farmonni ijrosini taminlash keng muhokamalar va xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, 29-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi o’rtasida Qonunchilik palatasi huzurida “Yoshlar Parlamenti”ni tashkil etish bo’yicha bitim imzolandi. Mazkur bitim bilan “Yoshlar parlamenti” respublika komissiyasi, Nizomi, Reglamenti va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Shu tariq yoshlarga oid Davlat dasturi doirasida, siyosatda yoshlarni fikir va mulohazalarini ham inobatga olinadigan bo’ldi.

   Oxirgi paytlarda qabul qilingan qonunlar, qarorlarning aksariyati  yosh avlodni huquqiy ongini, zamonaviy dunyoqarashini vujudga keltirib, o’zining kreativ g’oyalarini qo’rqmasdan tadbiq qilish uchun amaliy yordam tariqasida hizmat qilmoqda. Shu o’rinda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020-yil       1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”munosabati bilan o’tkazilgan tadbirdagi  nutqida  O’qituvchi va murabbiylarni bayram  bilan tabriklash bilan bir qatorda oxirgi yillarda qabul qilinayotgan o’zgarishlarning asosiy tub maqsadi nima ekanligini yoritib o’tdilar..” Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.” Shuningdek o’z nutuqlari davomida quidagilarni takidlagan holda  -“Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz.

Men ishonaman – hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar. Va bu ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun bo‘ladi, desam, o‘ylaymanki, sizlar to‘la qo‘llab-quvvatlaysizlar” eng o’rinliy g’oyani olg’a surdilar.

  Shu o’rinda  ta’lim sohasidagi islohatlarga qo’shimcha tarzda quidagi takliflarni bildirib o’taman;

1.Umumiy o’rta ta’lim soxasidagi boshlang’ich bosqich (1-4-sinf) o’quvchilariga baholash tizimi noto’g’ri qo’llangan. Bunda 1-3- sinf o’quvchilarga baho qo’yish tizimini olib tashlagan holda, ularni asosan psixologiyasini rivojlantirish, vatanparvarlik ruhini singdirish, halollik to’g’risida tushunchalar berish, ilm olishga intilish ruhida tarbiyalash va husnixatini shakillantirishga asosiy e’tiborni qaratilsa yaxshi natijalarga erishilgan bo’lar edi. Bunga misol sifatida Finlandiya ta’limidagi 1-3-sinf o’quvchilarini baholash tartibi yo’qligini asos qilib olish mumkin. 2.Umumiy o’rta ta’lim bosqichlaridan tayanch o’rta ta’lim va o’rta ta’lim soxalarida sinf rahbari lavozimiga turli soxa fan o’qituvchilaridan tayinlanishi juda ko’p noqulayliklarga sababchi bo’lmoqda. Chunonchi, turliy fan mutaxasisligidagi o’qituvchilaridan tayinlangan sinf rahbarlari o’zlarini mutaxasislik fanlari o’qitish dasturi va nuqtayi nazari bo’yicha yondashadi va natijada o’quvchilarning tarbiyasiga alohida shug’ullanishda qiynalib qolishadi chunki bu soha vakillari bola psixologiyasi bilan yetarlicha bilimga ega emasligini yaqol ko’rstib beradi. Ushbu lavozimga alohida ish staji joriy qilgan holda ushbu lavozimga psixologiya yoki ona tili adabiyot sohalari mutaxasislariga berilsa maqsadga muvafiq bo’lar edi.

  Bu takliflarni ta’lim sohasida joriy qilinsa nafaqat bilim jihatidan balki axloqiy jihatdan ham barkamol avlod yetishib chiqishiga zamin yaratilgan bo’lar edi.
                          
                              Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.M. Mirziyoyev., “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’risida” farmoni https://Lex.uz 2.O.Ayupov, Dunyo, siyosat, jamiyat. 9-nashr. Guliston-2018. 3. Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”munosabati bilan o’tkazilgan tadbirdagi nutqi