Foydalanuvchi:Bobur musaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
                                                 Akbarali Ochilov

Rejissior, boshlovchi va mualliflik qo’shiqlar ijrochisi, qo’shiqlari o’tgan asrning oxirgi o’n yilligida minglab ko’ngillarni zab etgan kamtar inson, yuksak qalb egasi Ochilov Akbarali Umaraliyevich 1958-yil 3 iyun kuni Toshkent viloyatining Yangyo’l shahrida ziyoli vrachlar oilasida dunyoga kelgan. Oilada yolg’iz farzand bo’lib, oila 1963 yilda Toshkent shaxriga ko’chib o’tishadi va shu yerda Akbarali boshlang’ich maktabni tamomlaydi. U yoshligidan kino, teatr va san’atga muhabbat bilan ulg’aydi. Va mana shu ishtiyoq uni 1975 – yil A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutiga yetakladi. Talabalik yillarida musiqaga ishtiyoqi sabab dastlab dutor chalishni keyinchalik nay va gitara chalishni ham puxta o’rganib oladi. Shu tarzda o’zi she’rlar yozib, kuy bastalab qo’shiqlar kuylay boshlaydi. U 1983-yilda xarbiy xizmatga chaqiriladi va uni 1985-yilda tamomlaydi. Shundan so’ng ”Ilhom” radiosida, “Kamolot” radiosida, “O’zbektelefilm”da rejissiorlik sohasida mashaqqat va zahmat bilan faoliyat olib boradi. U televideniya va radioda bir qancha eshittirishlar muallifi hamdir jumladan: “Bir hamdard istar ko’ngil”, “Olqish”, “Mulohaza uchun mavzu”. Qalb torlarini chertuvchi “Bolaligim”, “Oqib ketma”, “Xazonrezgi”, ”Ertaga o’zga”, “Qizg’onadi”, “Bir hamdard istar ko’ngil” kabi ko’plab mualliflik qo’shiqlari shu bilan bir qatorda 1994-yil “Yulduzingni ber osmon ” filmiga ishlangan soundtrek - “Kelasanmi derdim” qo’shig’i uni el orasida tez tanilishiga sabab bo’ldi. Mana qariyb 30 yildirki, bu qo’shiqlar hali hanuz yuraklarda yashab bolalik, yoshlik xotiralarini uyg’otib keladi. Xozirda Akbarali Ochilov uch qiz va bir o’g’ilning otasi, shirindan shakar nabiralarning bobosi.