Ulugʻbek (krater)
Qiyofa
Ulugʻbek krateri Oyning orqa (Yerdan uzoq) tarafining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan kraterdir. Koordinatalari — 32.7° shimoliy kenglik, 81.9° gʻarbiy uzunlik, diametri — 54 km, chuqurligi — 1,7 km. Atrofida shartli ravishda beshta yoʻldosh kraterlari — Ulugʻbek A, B, C, D, M ajratilgan. Ularning xarakteristikalari quyidagicha:
Ulugʻbek | Kenglik | Uzunlik | Diametr |
---|---|---|---|
A | 34.1° Sh | 79.3° Gʻ | 41 km |
B | 32.8° Sh | 79.3° Gʻ | 8 km |
C | 31.4° Sh | 79.1° Gʻ | 31 km |
D | 31.6° Sh | 82.4° Gʻ | 21 km |
M | 35.7° Sh | 83.4° Gʻ | 7 km |
Ulugʻbek krateri olmon astronomi Johann Heinrich von Mädler tomonidan 1830-yili Mirzo Ulugʻbek sharafiga shunday nomlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ulugh Beigh (Wayback Machine saytida 2018-05-30 sanasida arxivlangan), The-Moon.wikispaces (ingl.)