Ulugʻbek (krater)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ulug'bek (krater)dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ulugʻbek krateri Oyning orqa (Yerdan uzoq) tarafining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan kraterdir. Koordinatalari — 32.7° shimoliy kenglik, 81.9° gʻarbiy uzunlik, diametri — 54 km, chuqurligi — 1,7 km. Atrofida shartli ravishda beshta yoʻldosh kraterlari — Ulugʻbek A, B, C, D, M ajratilgan. Ularning xarakteristikalari quyidagicha:

Ulugʻbek Kenglik Uzunlik Diametr
A 34.1° Sh 79.3° Gʻ 41 km
B 32.8° Sh 79.3° Gʻ 8 km
C 31.4° Sh 79.1° Gʻ 31 km
D 31.6° Sh 82.4° Gʻ 21 km
M 35.7° Sh 83.4° Gʻ 7 km

Ulugʻbek krateri olmon astronomi Johann Heinrich von Mädler tomonidan 1830-yili Mirzo Ulugʻbek sharafiga shunday nomlangan.

Havolalar[tahrir]