Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti — qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida. Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.10.2021-yildagi PQ-5269-son «Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi. Ungacha ushbu taʼlim muassasasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenting “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali hisoblanar edi. Yangi hujjatga ko‘ra, institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida taʼlimning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida hozirda 3 ta fakultet

  • Agrobiologiya fakulteti,
  • Agrologistika va biznes fakulteti,
  • Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti

10 ta kafedra

  • Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi kafedrasi
  • O‘zbek tili va adabiyoti (tillar) kafedrasi
  • Agrokimyo va agrotuproqshunoslik kafedrasi
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya kafedrasi
  • Matematika, tabiiy va gumanitar fanlar kafedrasi
  • Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi
  • O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik kafedrasi
  • Agronomiya, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi
  • O‘simliklar himoyasi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari karantini kafedrasi
  • Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Institut 2022/2023 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 25 ta ta’lim yo‘nalishlari

  • 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)
  • 60412400 Agrobiznes va investitsion faoliyat
  • 60810100 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
  • 60810700 Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
  • 60810800 Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
  • 60810900 Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
  • 60810900 Agronomiya (anorchilik)
  • 60811000 O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)
  • 60811100 O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini
  • 60811200 Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)
  • 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
  • 60811500 Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)
  • 60811700 Ipakchilik va tutchilik
  • 60811800 Mevachilik va uzumchilik
  • 60811900 Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
  • 60812000 Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish
  • 60812100 Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
  • 60812200 O‘simlikshunoslik (ekin turlari bo‘yicha)
  • 60820100 O‘rmonchilik
  • 60820100 O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)
  • 60820200 Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish
  • 60840100 Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • 60840200 Veterinariya farmasevtikasi

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 10 ta ta’lim yo‘nalishlari

  • 60310100 Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)
  • 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60810100 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
  • 60810900 Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
  • 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
  • 60811500 Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha)
  • 60811700 Ipakchilik va tutchilik
  • 60811900 Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
  • 60820100 O‘rmonchilik
  • 60840100 Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)

Kechgi ta’lim shakli bo‘yicha 2 ta ta’lim yo‘nalishlari

  • 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • 60810800 Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish) bo'yicha abituriyentlarni o‘qishga qabul qiladi.