Safaviylar floti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Safaviylar Flotidan yoʻnaltirildi)

Safaviylar floti. Bu flotga ilk martotaba 1734-yilda Shoh Abbos III davrida asos solinadi. Unga Abbosiylar davrida Bosh vazir lavozimiga qadar koʻtarilib olgan Nodirxon Afshor asos solgan edi. Flotda xizmat qiluvchi muntazam harbiy qo‘shinning bayrog‘ida qizil „Zulfiqor qilichi“ tasviri aks ettiriladi[1].

Safaviylar flotining bayrogʻi

1621-yilning 26-dekabrda Shoh Abbos I va Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan harbiy ittifoqi natijasida Eron shahzodasi Imomgʻuluxon boshchilik qiladigan kichik dengiz floti uchun 3000 kishilik qizilbosh armiyasi(Undilazde) tuziladi. Imomgʻuluxon bu Undilazde yordamida Xurmuzga bostirib kiradi va 1622-yilda portni egallashga muvaffaq boʻladi[2]. Shundan soʻng Safaviylar davlati oldida milliy muntazam dengiz kuchlarini tuzish ehtiyoj tugʻiladi. Biroq muntazam davom etib kelgan urushlar va Shoh Abbosning vafoti (1629) bu ehtiyojning amalga oshishini sezilarli darajada kechiktirib yuboradi.

Engelbert Kempferning yozishicha, Kaspiy dengizida 1669 yil iyul oyida Stepan Rozi kazaklari va Safaviy dengiz floti qoʻmondoni Muhammad Xon Astrabodli qoʻmondonligi ostida 7000 nafar qizilbosh (shu jumladan yollanma Kabardin-Balkar askarlari) floti oʻrtasida yirik dengiz jangi boʻlib oʻtadi. 1200 dan ortiq askarning halok boʻlishi va 30 ta kichik harbiy kemaning choʻktirilib yuborilishidan soʻng muntazam flot tashkil etish masalasi yana bir bor koʻtariladi. Shoh Sulaymon I qaroqchilarga qarshi kuchliroq dengiz floti tashkil etish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilsa-da, 1669 yil yoz oxirida kazaklarning Astraxonga chekinishi va 1671 yilda Rossiya imperiyasi tomonidan ataman Stepan Rozining qatl etilishi zaruriy qadamlar tashlanishini kechiktirib yuboradi.

Safaviylar davlati tarixida doimiy saqlab turish uchun milliy flot yaratishga dastlabki urinish 1718 yilda Sulton Husayn tomonidan ilgari suriladi. Biroq ichki nizolar va oʻn uch yillik Kavkaz urushi (1722-1735) bu urinishning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga imkon bermaydi.

Shoh III. Abbos (1732-1736) va Nodirshoh Afshor (1736-1747) davri.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻzgʻolonchi Xoʻtakis, bosqinchi Rossiya imperiyasi va Usmonlilar ustidan qozonilgan uchta frontdagi gʻalaba dengizdagi qaroqchilarga qarshi muntazam milliy flot tuzishni kechiktirib boʻlmas masalaga aylantirib qoʻyadi. Nihoyat, Shoh Abbos III davrida 1734-yilda Bosh vazir Nodirxon Afshorning saʼy-harakatlari bilan milliy muntazam dengiz flotini barpo etish uchun katta qadamlar tashlanadi. Muhammad Latifxon muntazam flotga rahbarlik qiluvchi birinchi „Dengiz qoʻmondoni“ („Admiral“)etib tayinlanadi. 1730-1740-yillarda Britaniya, Gollandiya va boshqa mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan „Britannia“, „de Rithem“ va „Robert Galley“ kabi jami oʻn ikkita harbiy kemalar Safaviy flotining asos poydevoriga aylanadi[3]. Nodirshoh bu bilan kifoyalanmasdan 1743-yilda ingliz savdogar Jon Eltonni Kaspiy dengizida kemalar qurish uchun bosh muhandis qilib tayinlaydi va unga Jamol bek nomini beradi. Jamol bek Lahijon va Langaruddagi harbiy kema qurish ishlarga mas’ul qilib tayinlanadi. Nodirshoh Shimoliy (Kaspiy) va Janubiy (Fors koʻrfazi) flotlarini muvofiqlashtirish hamda kemasozlik zavodlariga zarur jihozlarni tashish uchun maxsus transport tarmogʻini ham yaratadi. Nodirshohning eng katta orzularidan biri mamlakatning janubiy chegaralarini egallagan Fors ko‘rfazi, Hind okeani va Kaspiy dengizida qudratli dengiz flotini yaratish edi. Arabiston yarim orolining sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida bir muddat hukmronlik qilgan janubiy dengiz flotiga ham alohida eʼtibor qaratadi. Nodirshoh vafotidan keyin (1747) dengiz flotiga eʼtibor berilmaydi. Buning natijasida dengiz orti vassal hududlarning katta qismi qo‘ldan boy beriladi.

Shoh Ismoil davri (1750-1773)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoh Ismoil Safaviy III davrida Karimxon Zend Nodirshoh buyrugʻi bilan Ummonni egallash uchun yuborilgan „Rahmoniy“ kemasini Vakili-Readan soʻraydi, ammo Ummon amiri bunga rozi boʻlmaydi. Shu sababli ikki tomon oʻrtasidagi kelib chiqqan toʻqnashuv 1773-yilda natijasiz tugaydi[4].

Adabiyotlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Darya bey Muhammed Latif han — 1734 yılında bu göreve atanmıştır. Basraʼda Osmanlılarla yaptığı savaşı kaybettikten sonra 1735’te görevinden azledildiyse de 1736’da görevine iade edildi ve zehirlenerek 1737’de ölümüne kadar görev yaptı[3].
  • Kaptan Richard Cook, İngiliz asıllı ve Darya Bey Mohammad Latif Khanʼın bir teğmeniydi[3].
  • Darya Bey Molla Alisah, Bandar Abbas’taki doğu filosunun komutanıydı[5].
  • Derya bey Mir Ali Han Türkmen — 1740 yılında savaşta öldürüldü[3].
  • Darya bey Mohammad Taghi Mashhadi 1742’de göreve getirildi[3][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shapur Shahbazi 1999
  2. Rza Pazuki, 1317, s. 336
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Floor 1987
  4. Farrokh 2011
  5. Davies 1997
  6. Ward 2014