Rocket (Marvel kinematografiya koinoti)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rocket
Marvel kinematografiya koinoti obrazi
Ilk bora koʻringan Guardians of the Galaxy (2014)
Qaysi asarga asoslangan
Qaysi asardan adaptatsiya qilingan
Ovoz bergan(lar) Bradley Cooper
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi 89P13
Taxalluslari Rocket
Laqablari Rabbit[1]
Turi yenot
Tabaqasi
  • Qasoskor
Mansubligi
Aslahalari
  • Turli lazerli toʻpotarlar
  • Hadron Enforcer[2]
Bolalari Groot (asrab olingan)[3]

Rocket (talaffuzi: Roket; inglizchadan tarjimasi — „Raketa“) Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranshizasidagi xayoliy qahramondir. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli qahramonga asoslangan. MKK filmlarida unga Bradley Cooper ovoz bergan. Filmlarga koʻra, Rocket serjahl yollanma askar va qurollar sohasida ekspert sifatida tasvirlanib, hamrohi Groot bilan birgalikda Ronan bilan jangdan keyin Galaktika qoʻriqchilari jamoasiga qoʻshiladi. Thanos cheksizlik toshlari yordamida borliqdagi tirik mavjudodlarning yarmini yoʻq qilganidan soʻng, Qasoskorlar jamoasi aʼzosi sifatida Yerda qoladi. Bundan tashqari, Rocket nano-qoʻlqop yasashda Bruce Bannerga yordam beradi, qoʻlqop yordamida esa Qasoskorlar vaqtlararo sayohat qilishib, oʻtmishda cheksizlik toshlarini qoʻlga kiritishadi va borliqda yoʻq boʻlib ketgan tirik mavjudodlarning barchasini hayotga qaytarishadi. Rocket Thanos bilan yakuniy jangdagi gʻalabadan keyin yana qayta Galaktika qoʻriqchilari jamoasiga qoʻshiladi.

Rocket personaji MKK filmlarida ilk bor Guardians of the Galaxy (2014) filmida paydo boʻlgan. 2022-yilga qadar jami MKKning oltita filmida qatnashgan. Shuningdek, uning The Guardians of the Galaxy Holiday Special (2022), I Am Groot (2022) va Guardians of the Galaxy Vol. 3 (2023) kabi film va multseriallarda paydo boʻlishi ham kutilmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aliev, Beck „Infinity War Theory: There's a HISTORICAL Reason Thor Calls Rocket 'Rabbit'“. Comic Book Resources (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
  2. „Rocket On Screen Full Report“. marvel.com. Marvel. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  3. Sharf, Zack „'Avengers' Fans Are Even More Upset After James Gunn Reveals Groot's Heartbreaking Final 'Infinity War' Line“. IndieWire (2018-yil 7-mart). 2021-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.