Qazaqsha biznes Afrikada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qozoqcha tadbirkorlik Afrikadadan yoʻnaltirildi)
Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada
Rejissyor(lar) Anuar Matjanov
Prodyuser(lar) Nurlan Koyanboev
Ssenariynavis(lar) Sabit Raqimbaev, Nurlan Koyanboev, Nurtugʻan Muhambetjanov
Rollarda Nurlan Koyanboev, Jan Bayjanbaev
Bastakor(lar) Aleksabdr Shevchenko
Kinematografiya Kazteleproduct, Pontact Productions
Chiqarilgan sanasi 2018
Mamlakatlar Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston, Keniya bayrogʻi Keniya
Tillar Ruscha, qozoqcha
Byudjeti 192.1 mln. tenge
Daromadi 772,4 mln. tenge
Avvalgi film Qozoqcha tadbirkorlik Amerikada
Keyingi film Qozoqcha tadbirkorlik Koreyada

"Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada" - toʻliq metrajli badiiy film, „Qozoq tadbirkorlik“ mediafranshizasining uchinchi filmi. 2018-yil „Kazteleproduct“ va „Pontact Productions“ kinostudiyalari chiqarilgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehmonxonani qarindoshlari bilan birga boshqarib oʻtirgan Jomart kelini Oysulu bilan birga asal oyiga boradi. Albatta, u bilan birga yaqinlari ham hamrohlik qilishadi. Ular dam olib yurib, yangi daromad manbasini ochishning ham yangi gʻoyalarni oʻylashadi. Oʻsha yerda Keniya shahzodasi bilan tanishib, Afrikadan arzonga choy sotib olishga mumkinligini biladi. Yangi biznes manbasin topdim deb oʻylagan qahramonlar Nayrobiga yoʻl olishadi.[1] Filmdagi qahramonlarning hayoti bir necha soat ichida oʻzgaradi. Ammo kutilmaganda ular sayyoradagi eng issiq nuqtada yovvoyi hayvonlar, choy biznesi va sevgi - hech kim bunday aralashmani kutmagan edi! Uyga uchish uchun Jomart, Yerkosh, Alen va Bagʻdaulet bir nechta sinovdan oʻtadi. Va hamma narsani tushunish uchun: oiladan muhimroq narsa yoʻq!

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jomart Baltabayev — Nurlan Koyanbayev
  • Alen — Jan Bayjanbaev
  • Yerkosh — Ramazan Amantay
  • Chepchanga — Godfrey Ojiambo
  • Baako — Gedson Baraso
  • Aisulu — Gulnaz Jolanova
  • Makpal — Darigʻa Badiqova

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada" toʻliq zallarni toʻpladi. Bir hafta davomida filmni butun mamlakat boʻylab 280 ming tomoshabin tomosha qildi. Mashhur komediyaning uchinchi qismini suratga olish ishlari Dubay va Keniyada boʻlib oʻtdi. Kino qahramonlari haqiqiy Masai qabilasi bilan tanishib, choy biznesini ochishadi va Afrika madaniyatini oʻrganishdi. Qozogʻistonliklar uchinchi qismning chiqishini taxminan bir yildan beri kutishgan. Mashhur aktyorlar bilan suratga olishi, chiptalar uchun navbatlar va gavjum kino zallar boʻdi. "Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada" filmi namoyish etilgan birinchi kundanoq tomoshabinlar orasida shov-shuvga sabab boʻldi. Ekzotik komediya tomosha qilish uchun butun oilalar kelishdi. Har bir inson sayyoradagi eng issiq nuqtada qanday omon qolishni va u yerda oʻz tadbirkorligini ochishni xohlaydi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Қазақша бизнес: Африкада[sayt ishlamaydi]
  2. Алтын Мендыбаева. „«Бизнес по-казахски в Африке» уже посмотрели 280 тысяч зрителей“ (ruscha). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.