Qolgandaryo (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qolgandaryo qishloqidagi „Toptiq Aziz“ masjidi

Qolgandaryo qishlogʻi — Momoxon QFYdagi qadimiy qishloq. Aholisi 3520 kishini tashkil etadi. Tuman markazidan 12 km. Eng yaqin temir yoʻl bekati Oqtosh 28 km. Gʻarbda Nayman qishlogʻi, shimolda Sirdaryo orqali Toʻraqoʻrgʻon tumani, janubda Qizilqum qishlogʻi, sharqda Momoxon qishlogʻi bilan chegaradosh. Hojiboy arigʻi orqali Zadaryo kanalidan suv oladi. „Namangan-Jomashoʻy-Nayman“ yoʻli orqali boriladi. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi.

Manbalarga koʻrsa, maʼlum bir davr davomida Sirdaryo shu joylardan oqib oʻtgan. Yillar oʻtishi bilan daryo oʻng tarafga surilib, oldingi joyda koʻl hosil boʻlgan. Bu koʻlning qoldigʻi hozir ham bor. Ana shu koʻlni xalq oʻz nomi bilan Qolgandaryo deb atagan. Koʻl yonida vujudga kelgan mahalla ham shu nomni olganligi faktdir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mamasoli Abdurahmonov. „Choʻllar chaman ochdilar“, Namangan nashriyoti. 2017.