Kontent qismiga oʻtish

Qarobosh ota ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qarobosh ota ziyoratgohi
Joylashuv Andijon viloyati
Xarita

Qarobosh ota ziyoratgohi — Andijon viloyatining Bo‘taqora qishlog‘ida joylashgan ziyoratgohdir[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarobosh ota ziyoratgohi Andijon viloyatining Bo‘taqora qishlog‘ida joylashgan va Ofoq hoji xazratlarining mudiralaridan biri Qarobosh ota ziyoratgohi bilan atalgan. Bo‘taqora qishlog‘ ariqlaridan oqib kelayotgan suvlar Qarobosh ota nomi bilan ataladi. Qarobosh ota ziyoratgohida 2 juft shifobaxsh bulq mavjud. Buloq nomlari Katta buloq va Qizilbuloq deb nomlangan. Qarobosh ota buloq janubidagi qarbiston qayta tiklanib uyning yonida kavlangan yertoʻla bilan va 60-yillarda bu ziyoratgoh Qarobosh ota tomonidan Sayyid Hasan ibn Mahmud ibn Mahmud al-Buxoriyga tegishli XIV-asrga tegishli bir qancha tarixiy qabr toshlari topilib Qabr gʻorida saqlanib kelgan. Hozirda ushu qabr toshi Andijon oʻlkashunoslik muzeyida saqlanib keladi[2].

Qabrtosh yuzasiga xattotlik sanʼati, sulh xati yuzuvi bitilgan:

  • Ushbu qabr sohibi.
  • Yorugʻ va mashhur sayyidlar ulugʻi, imomlar aʼlosi.
  • Barcha fanlardan habardor, maqtovga loyiq, daxo xizmatlar va yaxshiliklar sohibi.
  • Faxrli insonlar jamoasida peshqadam va oʻzini bosiqligi bi­lan tanilgan sadoqatli.
  • Mustafo (alayxissalom) va xazrati Murtazo avlodi soʻzi va ish­lari bilan kishlarni gʻaflatidan uygʻotuvchi.
  • Mazmunli so‘zi va jismi, ishlari bilan mashoyixlar shayxi.
  • Pokiza musulmon Sayyid Xasan ibn Maxmud ibn Muxammad al-Buxoriy. Allox u kishini yaxshilar qatorida yodlasin, oʻz raxmatiga olsin.
  • Yoʻli va qudrati oxirlab, 19 safar oyida kechasi.
  • 712-yili ul maktovli zot Allox bergan umrining 57-yilida belgilangan muddatdan oʻtib,

boʻldi.

  • Safar 712 xijriy 6-aprel 1312-yil.(M.Abduraxmonov tarjimasi)

Qoʻqon xonligi arxiviga doir xujjatlarda Boʻtaqora tumani qishlogʻidagi maydonlari Mavlono Mir Abdurahimga (1813-yilda vafot etgan) berilgan. Andijon tumanining Eram tepa,Yalpok tepa,Katta guzar,Devatepa,Munchowtepa singari arxeologik yodgorliklar va Xalpa xoji,Qodirbek xoji,Matqosim xalpa nomi bilan ataluvchi meʼmoriy obidalar shuningdek oʻndan ortiq mukaddas ziyoratgoh va qadamjolari mavjud. Xususan, Boʻtaqora qishlogʻida Qarobosh ota qabristoniga oʻrta asrlarda yashab oʻtgan allomalar dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISLOMIY QADAMJOLAR“. Uzbekistan.travel. Qaraldi: 28-iyun 2023-yil.
  2. Oʻzbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari: Andijon va Namangan viloyati (2-kitob), Turon zamin ziyo 2014-yil — 69 bet. ISBN 978-9943-335-74-5. 28-iyun 2023-yilda qaraldi.