Plants vs. Zombies
Plants vs. Zombies | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | PopCap Games |
Nashir etuvchi | PopCap Games[1][2] |
Chiqarilgan sana |
2009-yil 5-may
|
Geymdizayner | George Fan |
Dasturchi | Tod Semple |
Ssenariy muallifi | Stephen Notley[3][4] |
Rassom | Rich Werner |
Bastakor | Laura Shigihara |
Oʻyin seriyasi | Plants vs. Zombies |
Janr | Minora mudofaasi, Strategik |
Platformalar | |
Oʻyin rejimlari | Yolgʻiz oʻyinchili, Jamoaviy |
Plants vs. Zombies — 2009-yilda PopCap Games tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan „minora mudofaasi“ janridagi videooʻyin. Birinchi marta Windows va Mac OS X uchun chiqarilgan, va soʻngra oʻyin playstationlar va mobil qurilmalar uchun ham ishlab chiqarildi. Oʻyinchi zombi hujumi davrida uy egasi rolini oʻynaydi. Zombilar toʻdasi bir nechta parallel chiziqlar boʻylab yaqinlashganda, oʻyinchi oʻsimliklarni joylashtirish va zombilarga oʻq otish yoki boshqa yoʻllar bilan zarar yetkazishi kerak. Oʻyinchi oʻsimliklarni sotib olish uchun sun deb nomlangan valyutani yigʻadi. Agar zombi biron bir chiziq orqali uyga yetib kelgan taqdirda, bu oʻyinchi darajasiga salbiy taʼsir oʻtkazadi.
Oʻyin dizayni Jorj Fan tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, avval oʻzining Insaniquarium (2001) oʻyinining mudofaasi uchun ishlab chiqqan, soʻngra ulardan ushbu oʻyinda foydalanilgan. Oʻyin Magic: The Gathering, Warcraft III oʻyinlaridan va Swiss Family Robinson filmidan ilhomlangan tarzda ishlab chiqilgan. Plants vs. Zombies oʻyinini yaratish uch yarim yil vaqt oldi. Bosh rassom vazifasini Rich Werner uddalagan boʻlsa, Tod Semple oʻyinni dasturlashtirishdi, oʻyin musiqasi ustida esa Laura Shigihara ishladi. Turli xildagi oʻyinchilarni birdek qiziqtira olish maqsadida oʻyin qoʻllanmasi oddiy va tushunarli boʻlishi taʼminlangan.
Oʻyin tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi va bir nechta mukofotlarga nomzod boʻldi. Jumladan, „Golden Joystick Awards“ taqdirlash marosimining 2010-yilgi tadbirida „Yilning eng koʻp yuklab olingan oʻyini“, „Yilning eng yaxshi strategik oʻyini“ nominatsiyatsiyalariga qoʻyildi. Oʻyinchilar oʻyin ichidagi soundtrek va geymplayning oʻyinni kulgili, badiiy va soddaligiga qoʻshgan hissasini yuqori baholadilar. 2009-yil may oyida chiqarilgandan soʻng, Bejeweled and Peggle oʻyinlaridan oʻtib ketib, PopCap Games tomonidan ishlab chiqilgan oʻyinlar orasida eng tez sotiladigan videooʻyin boʻldi. 2010-yilga kelib, u butun dunyo boʻylab milliondan ortiq nusxada sotildi. 2011-yilda PopCap Electronic Arts (EA) tomonidan sotib olinganidan soʻng lkompaniya Fan va boshqa 49 xodimni ishdan boʻshatdi, bu esa kompaniya mobil va ijtimoiy oʻyinlarga eʼtiborining oʻzgarganini koʻrsatdi. Sotib olingandan soʻng, oʻyinchilar tomonidan yaxshi qarshi olingan, „Plants vs. Zombies“ multimedia franshizasi oʻyinning ikkita davomiy qismi, uchta uchinchi-shaxs otishmalari janriga oid, ikkita komikslar seriyasi va bir nechta spin-off oʻyinlarini taqdim etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Alexander, Leigh. „Sony Online Unveils PSN Slate Including Plants Vs. Zombies, Recoil, NinjaBee Titles“. Gamasutra (2011-yil 28-yanvar). 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-may.
- ↑ Koller, John. „PlayStation Vita Launch Lineup and Details“. PlayStation Blog (2011-yil 22-dekabr). 2020-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
- ↑ „Happy 10th Anniversary Plants vs. Zombies“. EA (2019-yil 6-may). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ Fan, George „IamA George Fan, game designer & creator of Plants vs. Zombies & Octogeddon. AMA!“ (2018-yil 9-fevral). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.