Oʻliklar kitobi
Qiyofa
Oʻliklar kitobi — qadimgi misrliklarning eng mashhur muqaddas manbasi. Unda dafn marosimi bilan bog‘liq matnlar, ko‘rsatmalar, duolar, qo‘shiqlar yozilgan. Kitob mayyitning oxiratdagi hayoti uchun zaruriy ashyo sifatida birga ko‘milgan. Kitobda o‘liklar hukmdori Osiris mayyit ustidagi sudlovi, o‘likning joni “Men ilohlarni ranjitadigan hech narsa qilmadim, xo‘jasi qulini haqoratlashiga yo‘l qo’ymadim, och yurishga majburlamadim, hech kimni yig‘latmadim, hech kimni o‘ldirmadim”, deb o‘zini oqlashi haqida alohida bob mavjud. Shuningdek, mayyitlarning quyosh ilohi Raning oltin qayig‘idagi sayohatiga oid alohida boblar berilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 440.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.