Osiyoning uzun moʻynali mushugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osiyo uzun moʻynali mushugi

Osiyo oq moʻynali mushugi
Kelib chiqishi Amerika Qoʻshma Shtatlari
Uy mushugi (Mushuk)

Osiyo uzun yungli mushuk zoti Osiyo kalta yungli mushuklariga oʻxshab ketadi, lekin ularning ajralib turuvchi hislati ularning uzun moʻynalari borligidir. Bu mushuk zoti Osiyoda Tiffani nomi bilan ham tanilgan. Bu kalta moʻynali mushuk zotlarining naqshlari va ranglariga oʻxshab ketuvchi zotdir. Osiyo Kalta moʻynali mushuk zotlari kabi bu turning ham kelib chiqishi Buyuk Britaniyaga borib taqaladi. Bu mushuk turi GCCF da toʻliq tan olingan, Butunjahon Mushuklar Federatsiyasida hamda Butunjahon Mushuklarni Sevuvchilarda oʻzining maqomiga ega, Xalqaro Mushuklar Uyushmasida roʻyxatdan oʻtgan[1][2][3][4]. Bu tur Shimoliy Amerika zoti va Chet el uzun moʻynali zotlari bilan bogʻliq, faqatgina baʼzi xususiyatlarida farqlanadi. Avstraliyalik Tiffanidan bu tur sezilarli darajada farq qiladi va Birma uzun moʻynali mushugining boshqa nomi deyish mumkin.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tiffani mushugi 1980-yillarda Buyuk Britaniyada osiyo yarim moʻynali mushuk zotining uzun moʻynali turi sifatida qabul qilingan[5]. Bu turning kelib chiqishini Fors chinchillasi va Birma mushugi turlarining chatishmasidan kelib chiqqanini kuzatishimiz mumkin[5]. Ular Birma mushuklariga juda ham oʻxshashdir[5].

Temperamenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tiffani mushuk zoti — momiq, faol va qiziquvchan zot hisoblanadi[6]. Bu zotga mansub mushuklar oʻz egalari bilan bogʻlangan, lekin boshqa tur vakillari bilan til topishishi qiyin, chunki ularning xarakterlarida qizgʻanchiqlik boʻlishi mumkin. Bu tur vakillari faol va egalari tomonidan eʼtibor talab qilishini kutadi. Osiyo uzun moʻynali mushugi osiyodagi eng aqlli va tartibli tur deyishimiz mumkin[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Breed standards“. The Governing Council of the Cat Fancy. 2011-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
  2. „Asian Breed standard“. Loving Cats Worldwide. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  3. „List of breeds admitted in WCF“. World Cat Federation. WCF. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  4. „Registration Rules“. The International Cat association registration rules.
  5. 5,0 5,1 5,2 Somerville, Louisa. The Ultimate Guide to Cat Breeds. Edison, N.J.: Chartwell Books, 2007 — 98 bet. ISBN 9780785822646. 
  6. „Tiffany Katze, die sanfte, lebhafte und neugierige“. 2012-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
  7. „The Breed“. Asian Cat Association. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]