Orolboʻyi mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Orolbo‘yi mahallasidan yoʻnaltirildi)

Orolbo‘yi mahallasi — Fargʻona viloyati Margʻilon tumanida joylashgan mahalla.

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Yangi hayot mahallasida 657 xonadon va ularda 4500 mingdan ziyod aholi yashaydi. Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yigʻinida 15 ta koʻcha mavjud. Koʻchalar quyidagi nomlar bilan ataladi: Yangiariq, Orolbo‘yi, Qori-Niyoziy, Pillachi, Behzod, al-Farg‘oniy, Iqbol, Ixlos, Yakkatutbuva, Navo, Saxovat, Semurug‘, Sadaf, Samo.

1991—2011-yillar davomida Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inidan 25 kishi haj ziyoratini amalga oshirdilar[1].

Orolbo‘yi mahallasida adras va atlas to‘quvchilar, popop chorsi tikuvchilar, arqon eshuvchi, do‘ppido‘zlar, ko‘rpa-to‘shak va yakandoz tikuvchilar, beqasam to‘n tikish bilan shug‘ullanuvchi hunarmand oilalar istiqomat qiladi. Mavzeda maktab, bolalar bogʻchasi, yoshlar xiyoboni, koʻp tarmoqli poliklinika, 3 sartaroshxona, 3 ta novvoyxona, 3 ta savdo shaxobchasi, 4 otalar choyxonasi, 3 ta qassobxona mavjud mavjud.

Kishilar orasida saqlanib qolgan rivoyatga ko‘ra, qadimda mahalla hududi qamishzor orolcha hududlardan iborat bo‘lgan. Shu sababdan keyinchalik mahalla nomi ham Orolbo‘yi deb atalgan. Lekin mahalla nomining etimologiya xususida ilmiy manba mavjud emas. Orolbo‘yi mahallasining janubiy-sharqiy tomonida oldinlari Qizlar buvi mozori deb ataluvchi ziyoratgoh mavjud bo‘lgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burhoniddin Marg‘inoniy mahallasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nodirbek Abdulahatov „Marg'ilon mahallari tarixidan“. elib.buxdu. Andijon nashriyot matbaa, MChJ. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.