Vikipediya:Maqola: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Vagobot (munozara | hissa)
Qator 21: Qator 21:
[[af:Wikipedia:Wat is 'n artikel]]
[[af:Wikipedia:Wat is 'n artikel]]
[[als:Wikipedia:Artikel]]
[[als:Wikipedia:Artikel]]
[[as:ৱিকিপিডিয়া:প্ৰবন্ধ কি?]]
[[bg:Уикипедия:Статия]]
[[bg:Уикипедия:Статия]]
[[bjn:Wikipidia:Apa nang dingaranakan artikal]]
[[bjn:Wikipidia:Artikal]]
[[cs:Wikipedie:Článek]]
[[cs:Wikipedie:Článek]]
[[cy:Wicipedia:Beth ydy erthygl]]
[[cy:Wicipedia:Beth ydy erthygl]]

21-Fevral 2012, 19:40 dagi koʻrinishi

Vikipediya maqolasi atamasi ostida ensiklopedik axborot yozilgan sahifa tushuniladi. Maqolalarga quyidagilar kirmaydi:

  • Munozara sahifalari - bunday sahifalar Munozara:, Tasvir munozarasi:, Foydalanuvchi munozarasi:, Vikipediya munozarasi: va hokazo prefikslar bilan boshlanib, tegishli sahifa tarkibiga oid eʼtiroz, raddiya va shikoyatlar uchundir. Munozara sahifalarida imzo qoʻyish unutilmasligi zarur.
  • Mediafayl sahifalari - bunday sahifalar Tasvir: prefiksi bilan boshlanib, tegishli tasvir, tovush yoki videofayllar haqida maʼlumotlar uchundir.
  • Foydalanuvchi sahifalari - bunday sahifalar Foydalanuvchi: prefiksi bilan boshlanib, tegishli foydalanuvchiga ajratilgandir.
  • Loyiha sahifalari - bunday sahifalar Vikipediya: prefiksi bilan boshlanib, Vikipediyaning ichki ishlariga oid axborotlar uchundir.

Vikipediyaning maqolalar sonini koʻrsatuvchi statistika sahifasi faqatgina yoʻnaltiruvchi boʻlmagan va kamida bitta ichki ishoratga ega sahifalarni sanaydi.

Maqola qanday yozilgan boʻlishi kerak?

Vikipediya maqolasi odatda quyidagicha tuzilishi kerak:

  1. Kirish. Bu qism bir yoki bir necha xatboshi egallashi mumkin. Maqolaning kirish qismida maqola obyektiga taʼrif beriladi, uning ahamiyati koʻrsatiladi. Agar maqola shaxsiyat haqida boʻlsa, kirish qismida oʻsha kishining toʻliq ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, nimasi bilan mashhurligi koʻrsatiladi.
  2. Etimologiyasi. Bu qismda maqola obyektining nomi qanday kelib chiqqanligi koʻrsatiladi (majburiy emas).
  3. Tarixi. Bu qismda maqola obyektining tarixi (shaxsiyat boʻlsa - tarjimai holi, hayvon yoki oʻsimlik boʻlsa - evolutsiyasi) yoziladi.
  4. Zamonaviy holati. Bu qismda maqola obyektining bugungi kundagi holati (shaxsiyat boʻlsa - hozirgi kasbi va faoliyati) yoziladi.
  5. Umumiy manzarasi. Bu qismda kirish qismida yozilgan taʼrif kengaytirib koʻrsatilishi, maqola obyektining ahamiyati, kelajakdagi holati, tanqidi va boshqa axborotlar yozilishi mumkin.
  6. Boshqa maʼlumotlar. Bu qismda maqola obyektiga oid boshqa qiziqarli faktlar keltirilishi mumkin (majburiy emas).
  7. Manbalar. Bu qismda foydalanilgan adabiyotlar va manbalar koʻrsatiladi (majburiy).