Kontent qismiga oʻtish

Lotin tili: Versiyalar orasidagi farq

2 bayt olib tashlandi ,  7 yil oldin
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
(Removing Link FA template as it is now available in wikidata)
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
'''Lotin tili''' — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida mil. av. 8-a.da yashagan lotin kabilasining tili. L. t.ning asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad. Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi mil. av. 4—3-a.larga toʻgʻri keladi. Apennin ya. o.ning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) mil. av. 1-a.da yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida L. t. Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. L. t.dagi eng qad. yodgorliklar mil. av. 3-a.ga mansub.
 
Qad. davr L. t. tarixi bir-biridan u yoki bu darajada farqlanuvchi 5 ta davrga ajratiladi: 1) eng qad. L. t. davri (mil. av. 6—4-a.lar); 2) klassik davrgacha boʻlgan L. t. davri (mil. av. 3—2-a.lar, adabiy L. t.ning shakllanish vaqti); 3) klassik, "oltin" L. t. davri (mil. av. 1-a., juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, "kumush" L. t. davri (mil. 1-a., adabiy tilning fonetik va morfologik meʼyorlari uzil-kesil shakllandi); 5) soʻnggi bosqichdagi L. t. (2— 6-a.lar; yozuv tili bilan xalq-soʻzlashuv tili-"xalqona lotin" oʻrtasida tafovut paydo boʻldi).
 
lar, adabiy L. t.ning shakllanish vaqti); 3) klassik, "oltin" L. t. davri (mil. av. 1-a., juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, "kumush" L. t. davri (mil. 1-a., adabiy tilning fonetik va morfologik meʼyorlari uzil-kesil shakllandi); 5) soʻnggi bosqichdagi L. t. (2— 6-a.lar; yozuv tili bilan xalq-soʻzlashuv tili-"xalqona lotin" oʻrtasida tafovut paydo boʻldi).
 
5-a.da Rim imperiyasi qulaganidan keyin xalq-soʻzlashuv tilining mintaqaviy farqlanishi tezlashib, bu nar-sa 9-a.ga kelib alohida, mustaqil roman tillarinkng (italyan, fransuz, portugal, ispan, rumin, moldavan va b.) paydo boʻlishiga olib keldi. Yozma L. t.ning birligi saqlanib qoldi, u leksik jihatdan rivojlanishda davom etdi, klassik L. t.ning asosiy lugʻat tarkibi va grammatik kurilishi barqarorlashdi. Adabiy L. t. tarqalgan barcha hududlarda u maʼmuriy boshqaruv, savdo-tijorat, maktab tili edi; oʻrta asrlarda butun Gʻarbiy Yevropa umumiy yozuv tili boʻlib qoʻllandi; 18—19-a.largacha diplomatiya, ilm-fan va falsafa tili, 20-a.da esa katolik cherkovi tili, Vatikanning (italyan tili bilan birga) rasmiy tili boʻlib qoldi. L. t. Yevropa madaniyati rivojida ulkan rol oʻynadi. Yevropa tillaridagi siyosiy, ilmiy va texnik terminologik tizimlarning leksik jihatdan boyishi va koʻpayib borishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
187 764

ta tahrir