Kontent qismiga oʻtish

Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
YFdyh-bot (munozara | hissa)
Qator 190: Qator 190:
[[ast:Declaración Universal de los Derechos Humanos]]
[[ast:Declaración Universal de los Derechos Humanos]]
[[ay:Akpach jaqe walinkañapataki inoqat aru]]
[[ay:Akpach jaqe walinkañapataki inoqat aru]]
[[az:Ümumdünya insan hüquqları bəyannaməsi]]
[[bat-smg:Vėsoutėnė žmuogaus teisiu deklaracėjė]]
[[bat-smg:Vėsoutėnė žmuogaus teisiu deklaracėjė]]
[[be:Усеагульная дэкларацыя правоў чалавека]]
[[be:Усеагульная дэкларацыя правоў чалавека]]

2013-yil 13-fevral, 00:28 dagi koʻrinishi

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 1948-yil, 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) koʻrsatmasi orqali qabul qilingan va eʼlon qilingan.

Preambula

Inson oilasi barcha aʼzolariga hos boʻlgan qadr‐qimmat hamda ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi boʻlishini eʼtiborga olib,

Inson huquqlarini mensimaslik va oѐq‐osti qilish odamzod vijdonini oʻrtaѐtgan vahshiylarcha qilmishlarga olib kelganini hamda kishilar soʻz va maslak erkinligi sohibi boʻlib, qoʻrquv va muhtojlikdan holi boʻlib yashaydigan dunѐni bunѐd etish odamlarning nufuzli intilishi, deb eʼlon qilinganligini eʼtiborga olib,

Inson soʻnggi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isѐn qilib bosh koʻtarishga majbur boʻlmasligining oldini olish maqsadida inson huquqlarni qonun izmi bilan muhofaza etilishi zarurligini eʼtiborga olib,

Xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish zarurligini eʼtiborga olib,

Birlashgan Millatlarning xalqlari Ustavda insonning asosiy huquqlarni, qadr‐qimmati va inson shaxsning benazirligiga hamda erkaklar va aѐllarning teng huquqligiga oʻz ishonchlarini tasdiqlaganliklarni hamda katta huquq bilan ijtimoiy taraqqiѐt va turmush sharoitini yaxshilashga ѐrdam berishga qaror qilganliklarni eʼtiborga olib,

Aʼzo boʻlgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarni yalpi hurmat qilish va rioya etishga ѐrdamlashish majburiyatini olganliklarni eʼtiborga olib,

Ushbu huquqlar va erkinliklar tusini yalpisiga tushunib olish mazkur majburiyatni toʻla‐toʻkis bajarilishi uchun juda katta ahamiyatga ega boʻladi.

Bosh Assambleya

Inson huquqlari mazkur umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishiga intilishi lozim boʻlgan vazifa sifatida eʼlon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib maʼrifat va ilm yoʻli bilan ushbu huquqlar va erkinliklarning hurmat qilinishiga ѐrdam berishga intilishlari hamda milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirla yoʻli bilan ham, ushbu huquqlar va erkinliklarning Tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar xalqlari oʻrtasida va mazkur davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashaѐtgan xalqlar oʻrtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga kerak.

1‐modda

Barcha odamlar erkin, qadr‐qimmat va huquqlarda teng boʻlib tugʻiladilar. Ular aql va vijdon sohibidirlar va bir‐birlariga birodarlarcha muomala qilishlari zarur.

2‐modda

Har bir inson, biror bir ayirmachiliksiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siѐsiy eʼtiqodi ѐki boshqa eʼtiqodlaridan, milliy ѐki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlaridan qatʼi nazar, mazkur Deklaratsiyada eʼlon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi boʻlishi kerak. Bundan tashqari, inson mansub boʻlgan mamlakat ѐki hududning siѐsiy, huquqiy ѐki xalqaro maqomidan qatʼi nazar, ushbu hudud mustaqilmi, vasiylikdami, oʻzini oʻzi boshqaradimi, ѐki mustaqilligi biror bir tarzda cheklanganmi, bundan qatʼi nazar sira ayirmachilik boʻlmasligi kerak.

3‐modda

Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir.

4‐modda

Hech kim qullikda ѐki qaramlikda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha turlari taqiqlanadi.

5‐modda

Hech kim azob‐uqubatga ѐki vahshiylarcha, insonlikka isnod boʻlgan ѐki qadr‐qimmatni xoʻrlaydigan muomala va jazoga mustahiq boʻlmasligi kerak.

6‐modda

Har bir inson, qaerda boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzining huquq subʼekti sifatida tan olinishi huquqiga egadir.

7‐modda

Barcha odamlar qonun oldida tengdir va, sira ayirmachiliksiz, qonun tomonidan babbaravar muhofaza etilishi huquqiga egadir. Barcha odamlar mazkur Deklaratsiyani buzadigan har qanday kamsitishidan teng muhofaza qilinish huquqiga va ana shunday kamsitishga gij‐gijlashdan teng muhofaza qilinish huquqiga egadirlar.

8‐modda

Har bir inson, mabodo uning konstitutsiya ѐki qonun berib qoʻygan asosiy huquqlari buzilgudek boʻlsa, nufuzli milliy sud tomonidan oʻz huquqlarining samarali tarzda tiklanishi huquqiga egadir.

9‐modda

Hech kim oʻzboshimchalik bilan qamalishi, ushlanishi ѐki quvgʻin qilinishi mumkin emas.

10‐modda

Har bir inson, uning huquqlari va burchlarini belgilash va unga qoʻyilgan jinoiy aybning nechogʻligi asoslanganligini aniqlash uchun, batamom tenglik asosida, oʻz ishi oshkora, adolatning barcha talablariga rioya etilib, mustaqil va xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi huquqiga egadir.

11‐modda

Jinoyat sodir etishda ayblanaѐtgan har bir insonga himoya uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilib, sud majlisida oshkora tartibda qonuniy yoʻl bilan uning aybdorligi aniqlanmaguncha, beayb deb hisoblanish huquqiga egadir.

Hech kim, biror bir xatti‐harakat ѐki faoliyatsizlik sodir etilgan vaqtda, bular milliy qonunlar ѐki xalqaro huquqqa koʻra oʻsha paytda jinoyat deb topilmagan boʻlsa, shu jinoyatni sodir etganliklari asosida hukm qilinishlari mumkin emas. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qoʻllanishi mumkin boʻlgan jazoga nisbatan ogʻirroq bir jazo qoʻllanishi ham mumkin emas.

12‐modda

Hech kim insonning shaxsiy ѐki oilaviy haѐtiga oʻzboshimchalik bilan aralashishi, insonning uy‐joyi daxlsizligiga, uning xatlaridagi sirlarga ѐki or‐nomusi va shaʼniga oʻzboshimchalik bilan tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson ana shunday aralashish ѐki ana shunday tajovuzdan qonun yoʻli bilan himoya huquqiga egadir.

13‐modda

Har bir inson har bir davlat hududida erkin yurish va oʻziga istiqomat joyi tanlash huquqiga egadir.

Har bir inson har qanday mamlakatdan, shu jumladan oʻz mamlakatidan chiqib ketish va oʻz mamlakatiga qaytib kelish huquqiga egadir.

14‐modda

Har bir inson taʼqibdan boshqa mamlakatlarda boshpana izlash va bu boshpanadan foydalanish huquqiga egadir.

Mabodo, aslida siѐsatga daxldor boʻlmagan jinoyat ѐki Birlashgan Millatlar Tashkiloti maqsadlari va prinsiplariga zid boʻlgan hatti‐harakat sodir etilishi asosida jinoyat yuzaga kelsa bu huquqdan foydalanish mumkin emas.

15‐modda

Har bir insonning fuqarolik huquqi bor.

Hech kim oʻzboshimchalik bilan oʻz fuqaroligini oʻzgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

16‐modda

Balogʻatga etgan erkaklar va aѐllar, irqi, millati ѐki diniga qarab biror bir cheklashsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqiga egadirlar. Ular nikohdan oʻtaѐtganida ham, nikohda boʻlgan vaqtida ham va nikoh bekor qilinaѐtganida ham bir huquqlardan foydalanadilar.

Nikoh, nikohdan oʻtaѐtgan ikkala tomonning xohishi va batamom roziligi bilangina tuzilishi mumkin.

Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasidir va u jamiyat, davlat tomonidan muhofaza etilishi huquqiga egadir.

17‐modda

Har bir inson yakka oʻzi ѐki boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqi sohibidir.

Hech kim oʻzboshimchalik bilan oʻz mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas.

18‐modda

Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir; bu huquq oʻz dini ѐki maslagini oʻzgartirish erkini, oʻz dini ѐki maslagiga yakka tartibda ѐki boshqalar bilan birgalikda, taʼlimot, toat‐ibodatda hamda diniy rasm‐rusumlar va boshqa shunga oʻxshash marosimlarni ado etishda xaloyiq bilan birgalikda ѐki xususiy tarzda eʼtiqod erkinligini qamrab oladi.

19‐modda

Har bir inson maslak erkinligiga va bularni erkin ifodalash huquqiga egadir; ushbu huquq hech bir xalalsiz oʻz maslaklariga rioya etish erkinligini va axborot va gʻoyalarni har qanday vositalar bilan hamda davlat chegaralaridan mustaqil tarzda qidirish, olish va tarqatish erkini qamrab oladi.

20‐modda

Har bir inson osoyishta yigʻilishlar va uyushmalar oʻtkazish (tuzish) huquqiga egadir. Hech kim biror bir uyushmaga majburan kiritilish mumkin emas.

21‐modda

Har bir inson bevosita ѐki erkinlik bilan saylangan vakillari vositada oʻz mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadir.

Har bir inson oʻz mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining negizi boʻlmogʻi lozim; bu iroda vaqti‐vaqti bilan boʻladigan va soxtalashtirilmagan saylovda oʻz aksini topishi, ushbu saylov yalpi va teng saylov huquqiga koʻra, yashirin ovoz berish yoʻli bilan ѐki ovoz berish erkinligi taʼminlaydigan boshqa tengma‐teng shakllar vositasida oʻtkazilish kerak.

22‐modda

Jamiyat aʼzosi sifatida har bir inson milliy kuch‐gʻayratlar sarflash va xalqaro hamkorlik vositasida hamda har bir davlatning tuzimi va resurslariga binoan ijtimoiy taʼminot huquqiga, uning qadr‐qimmatini saqlab turish va shaxsini erkin kamolga etkazish huquqiga egadir.

23‐modda

Har bir inson mehnat qilish, ishni oʻz erki bilan tanlab olish, mehnatning adolatli va qulay sharoitlari boʻlishi va ishsizlikdan muhofaza etilish huquqiga egadir.

Har bir inson, biror bir kamsitishsiz teng mehnatga teng haq olish huquqiga egadir. Har bir ishlaѐtgan odam, uning oʻzi va oilasi uchun munosib yashashni taʼminlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olish, zarur boʻlgan hollarda ijtimoiy taʼminotning boshqa vositalari bilan toʻldiriladigan daromad olish huquqiga egadir. Har bir inson, kasb ittifoqlari tuzish va oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun kasb ittifoqlariga kirish huquqiga egadir.

24‐modda

Har bir inson dam olish va boʻsh vaqt huquqiga, jumladan ish vaqtini oqilona qisqartirish hamda haq toʻlanadigan davriy taʼtil olish huquqiga egadir.

25‐modda

Har bir inson oʻzi va oilasining sihat‐salomatligini va farovonligini asrash uchun zarur boʻlgan turmush darajasiga, shu jumladan oziq‐ovqat, libos, uy‐joy, tibbiy qarov va zarur ijtimoiy xizmat huquqiga hamda ishsiz qolganida, betobligida, nogironligida, beva boʻlib qolganida, qariganida ѐki oʻziga bogʻlik boʻlmagan holatlarga koʻra tirikchilik uchun mablagʻi boʻlmay qolganida taʼminlanish huquqiga egadir.

Onalik va bolalik alohida vasiylik va ѐrdam huquqini beradi. Nikohda turib tugʻilgan va nikohsiz tugʻilgan barcha bolalar bir xil ijtimoiy muhofazadan bahramand boʻlishlari kerak.

26‐modda

Har bir inson bilim olish huquqiga egadir. Taʼlim kam deganda boshlangʻich va umumiy taʼlim tekin boʻlishi kerak. Boshlangʻich taʼlim majburiy boʻlishi lozim. Texnikaviy va hunar taʼlimi barchaga muhayѐ etilishi, oliy taʼlim esa har bir odamning qobiliyati asosida barcha uchun bir xil muhayѐ etilishi kerak. Taʼlim inson shaxsining barkamolligiga hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatning ortib boraverishiga qaratilishi lozim. Taʼlim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar oʻrtasidagi hamjihatlikka, sabr‐bardoshga va doʻstlikka koʻmaklashishi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotning tinchlikni saqlash borasidagi faoliyatiga ѐrdamlashishi kerak.

Ota‐onalar yosh bolalari uchun taʼlim turini tanlab olishda nufuzli huquqqa egadirlar.

27‐modda

Har bir inson jamiyatning madaniy haѐtida erkin ishtirok etish, sanʼatdan bahramand boʻlish, ilmiy taraqqiѐtda qatnashish va uning neʼmatlaridan bahramand boʻlish huquqiga egadir.

Har bir inson oʻzi muallifi boʻlgan ilmiy, adabiy ѐki badiiy asarlar yuzasidan maʼnaviy va moddiy manfaatlari himoya qilinishi huquqiga egadir.

28‐modda

Har bir inson Mazkur Deklaratsiyada baѐn etilgan huquqlar va erkinliklar toʻla‐toʻkis roʻѐbga chiqadigan ijtimoiy va xalqaro tartib boʻlishi huquqiga egadir.

29‐modda

Har bir inson jamiyat oldida majburiyat olgan, faqat shu taxlitdagina inson shaxsi erkin va toʻla‐toʻkis kamol topishi mumkin.

Har bir inson oʻz huquq va erkinliklarining roʻѐbga chiqishda shunday cheklashlarga mubtalo boʻlishi mumkinki, bular qonun tomonidan belgilab qoʻyilishi hamda bundan muddao — boshqalarning huquqlari va erkinliklari zarur darajada tan olinish va hurmat qilinishi hamda axloq‐odobning adolatli talablari ijtimoiy tartib hamda demokratik jamiyatdagi bugungi farovonlikning adolatli talablari qondirilgan boʻlsin.

Ana shu huquq va erkinliklarning amalga oshirilishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti maqsadlari va prinsiplariga sira zid boʻlmasligi kerak.

30‐modda

Ushbu Deklaratsiyasining butun ruhi biror bir davlatga, shaxslar guruhiga ѐki alohida shaxslarga mazkur Deklaratsiyada baѐn etilgan huquqlar va erkinliklarning yoʻq qilinishiga qaratilgan biror bir faoliyat bilan shugʻullanish ѐki xatti‐harakatlar sodir etishga yoʻl qoʻyib beradi, deb talqin etilishi mumkin emas.

Havolalar