Kommunizm: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Count Count (munozara) tomonidan qilingan 3803972-sonli tahrir qaytarildi
Teglar: Bekor qilindi Qaytarildi
k Reverted 1 edit by 176.196.147.172 (talk) to last revision by Count Count (TwinkleGlobal)
Teglar: Bekor qilindi Qaytarildi
Qator 1: Qator 1:
[[Fayl:Hammer and Sickle Red Star with Glow.png|thumb|Kommunizm ramzi: Qizil yulduzcha ichidagi bolgʻa va oʻroq]]
[[Fayl:Hammer and Sickle Red Star with Glow.png|thumb|Kommunizm ramzi: Qizil yulduzcha ichidagi bolgʻa va oʻroq]]

'''Kommunizm''' ({{lang-la|communis}} — umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli qarashlarning umumiy nomi (ibtidoiy Kommunizm, xayoliy Kommunizm, „kazarma“ Kommunizmi va boshqalar). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu gʻoya „ideal jamiyat“ nomi bilan Platon, keyinroq Tomas Mor, [[Tommaso Kampanella]], Sh.Furye va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-asrlarda [[Karl Marks]], [[Fridrix Engels]] va [[Vladimir Lenin]] asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda „har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha“ tamoyili amal qiladi, „Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi“, „davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi“, deb hisoblashgan.
'''Kommunizm''' ({{lang-la|communis}} — umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli qarashlarning umumiy nomi (ibtidoiy Kommunizm, xayoliy Kommunizm, „kazarma“ Kommunizmi va boshqalar). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu gʻoya „ideal jamiyat“ nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, [[Tommaso Campanella]], Sh.Furye va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-asrlarda [[Karl Marx]], [[Friedrich Engels]] va [[Vladimir Lenin]] asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda „har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha“ tamoyili amal qiladi, „Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi“, „davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi“, deb hisoblashgan.

Kommunizm gʻoyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish kabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va demokratiya tamoyillariga zid boʻlgan bu gʻoyalar sobiq SSSR hududida, „sotsialistik lager“ deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-asrning 20-yillaridan zoʻrlik yoʻli bilan proletariat (amalda partiya)ning maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi oʻrnatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliymaʼnaviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, Kommunizmning „erkinlik“, „tenglik“ toʻgʻrisidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi maʼlum boʻldi.

6-Avgust 2023, 11:38 dagi koʻrinishi

Kommunizm ramzi: Qizil yulduzcha ichidagi bolgʻa va oʻroq

Kommunizm (lotincha: communis — umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli qarashlarning umumiy nomi (ibtidoiy Kommunizm, xayoliy Kommunizm, „kazarma“ Kommunizmi va boshqalar). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu gʻoya „ideal jamiyat“ nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, Tommaso Campanella, Sh.Furye va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-asrlarda Karl Marx, Friedrich Engels va Vladimir Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda „har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha“ tamoyili amal qiladi, „Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi“, „davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi“, deb hisoblashgan.

Kommunizm gʻoyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish kabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va demokratiya tamoyillariga zid boʻlgan bu gʻoyalar sobiq SSSR hududida, „sotsialistik lager“ deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-asrning 20-yillaridan zoʻrlik yoʻli bilan proletariat (amalda partiya)ning maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi oʻrnatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliymaʼnaviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, Kommunizmning „erkinlik“, „tenglik“ toʻgʻrisidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi maʼlum boʻldi.

Hozirgi vaqtda ayrim davlatlar sotsializmni bozor munosabatlari bilan bogʻlashga harakat qilmoqdalar, Kommunizm toʻgʻrisidagi qarashlarga oʻz xususiyatlarini hisobga olgan holda yangicha yondoshmoqdalar. Lekin yaqin oʻtmishda Kommunizm yoki kommunistik jamiyat qurish yoʻlini tanlagan davlatlarning aksariyati bugungi kunda mustaqil davlatlar sifatida oʻzlariga xos rivojlanish yoʻlidan bormoqdalar.[1]

Kommunistcha gʻoyalarda insoniyatning eng oliyjanob orzulari, inja tilaklari mujassamlanadi. Kommunizm asoslarida, inson, inson boʻlganidan beri yaxshilikni qumsaydi, yaxshilik saltanatini barpo etishni orzu qiladi, bu saltanatda hamma teng, bir-biriga mehribon, gʻamxoʻr boʻladi. Unda har qadamda, har ishda adolat qaror topadi, zulm, haqsizliklar unutiladi, odamlar urush neligini esdan chiqaradi. Hamma yurtlar, hamma elatlar, hamma xalqlar bir-biriga qoʻlni berib, bir-biriga koʻmaklashib, bunyodkor mehnat bilan band boʻladi degan gʻoya ilgari suriladi. Kommunizmning asosiy g'oyasi bu dahriylik, jamiyatni dahriylashtirish , dinga qarshi urush ochish bo'lgan .

Manbalar

  1. "Kommunizm" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil