The Iron Wall: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
→‎Kutib olinishi: Manbalarni tahrirladim
Teg: Qaytarildi
Qator 36: Qator 36:
Kitobning ikkinchi nashri 2019-yilda chop etilgan. Yangi nashr qoʻshimcha adabiyotlar, jumladan, memuarlar hamda yangi arxiv materiallar asosida toʻldirilgan va kengaytirilgan. 2006-yilgacha boʻlgan davrni qamrab olgan yangi nashrga uch yangi bob qoʻshilgan. Ikkinchi nashr chop etilgunicha koʻp vaqt oʻtgan boʻlishiga qaramay, Shlaim ilk nashrdagi qarashlaridan voz kechmadi. Xususan, muallif Isroil mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun paydo boʻlgan biror imkoniyatdan foydalanmadi, degan fikrni ilgari suradi.

<ref name="Josetaqrizi">{{veb manbasi |last1=Vericat |first1=Jose |title=Book Review: The Iron Wall and Israel-Palestine’s New Chapter |url=https://theglobalobservatory.org/2015/04/israel-palestine-the-iron-wall/ |website=The Global Observatory |publisher=International Peace Institute |accessdate=22-fevral 2023-yil |language=Inglizcha |date=April 16, 2015}}</ref>== Kutib olinishi ==
== Kutib olinishi ==

„Iron Wall“ tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Xalqaro tinchlik instituti (International Peace Institute) maslahatchisi Jose Vericat kitob tushunarli tilda yozilgani nafaqat tarixchilar, balki keng omma orasida keng tanilishiga turtki boʻlgani haqida yozdi <ref>Book Review: The Iron Wall and Israel-Palestine’s New Chapter| https://theglobalobservatory.org/2015/04/israel-palestine-the-iron-wall/|</ref> Ammo Isroil siyosatchilari, xususan, sobiq bosh vazir Ariel Sharon Shlaim va boshqa „revizionist Isroil tarixchilari“ yoki shunchaki „yangi tarixchilar“ deb nomlanuvchi tarixchilar ishini Isroil darsliklarida umuman tilga olinmasligini taʼminlash yoʻlida chora koʻrdi. „Anʼnanaviy“ yoki „eski“ Isroil tarixchisi Efraim Karsh Shlaimni oʻz kitobida arablarning agressiv niyatlarini kichraytirib koʻrsatishda aybladi.

22-Fevral 2023, 06:23 dagi koʻrinishi

The Iron Wall
Muallif(lar) Avi Shlaim
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 2000
2001
2014
Nashriyot W. W. Norton & Company
Sahifalar soni 695 (2000)
670 (2001)
960 (2014)
ISBN ISBN 978-0-713-99410-X (2000)
ISBN 978-0-393-32112-8 (2001)
ISBN 978-0-393-34686-2 (2014

The Iron Wall: Israel and the Arab World“ (tarjimasi „Temir devor: Isroil va arab dunyosi“) — isroillik va britaniyalik tarixchi Avi Shlaimning Isroil-arab mojarosi haqidagi kitobi. Kitob ilk marotaba 2000-yil Cornell universiteti nashriyotida chop etilgan. 2001-yil va 2014-yillarda ayni nashriyotda qayta nashr qilingan.

Kitobda Isroil 1948-yilda tashkil etilganidan 2006-yilgacha tarixi, xususan, revizionist sionizm yetakchilaridan biri Vladimir (Zeʼev) Javotinskiy taklif qilgan „temir devor“ falsafasining turli talqinlari yillar davomida Isroil yetakchilariga qanday taʼsir koʻrsatgani haqida hikoya qilinadi. Kitob keng koʻlamli manbalarga, jumladan, muallif arab va yahudiy siyosatchilardan olgan intervyularga, arxiv materiallariga hamda birlamchi va ikkilamchi manbalarga tayanadi.

Shalim Isroil rahbarlari aksar holatlarda Jabotinskiy gʻoyalarini notoʻgʻri talqin qilib kelishayotganini, xususan, Jaboyinskiy Falastinda yahudiylar va arablar tinch yashashi mumkin ekaniga ishonganini yozadi. Muallif Jabotinskiy Isroil harbiy qudratga erishganidan keyin, yahudiylar muzokara olib borishga hozir boʻladi, deb oʻylagan, degan fikrni ilgari suradi. Kitobda Isroil rahbariyati doimiy ravishda harbiy choralarni diplomatiyadan ustun koʻrgani urgʻulanadi.

Birinchi nashr

„Iron Wall“ kitobning birinchi nashri ilk bor 2000-yilda chop etilgan. 2001-yil qayta chop etilgan. Birinchi nashr Isroil tarixining ilk 50 yiliga bagʻishlangan. Kitob oʻng-qanotchi rahbar Benjamin Netanyahuhokimiyatga kelib, Isroil bosh vaziri Yitzhak Rabin falastinliklar bilan erishgan tarixiy kompromissdan voz kechgani va shu asnoda tinchlik oʻrnatish jarayonini izdan chiqargani bilan yakunlanadi.

Ikkinchi nashr

Kitobning ikkinchi nashri 2019-yilda chop etilgan. Yangi nashr qoʻshimcha adabiyotlar, jumladan, memuarlar hamda yangi arxiv materiallar asosida toʻldirilgan va kengaytirilgan. 2006-yilgacha boʻlgan davrni qamrab olgan yangi nashrga uch yangi bob qoʻshilgan. Ikkinchi nashr chop etilgunicha koʻp vaqt oʻtgan boʻlishiga qaramay, Shlaim ilk nashrdagi qarashlaridan voz kechmadi. Xususan, muallif Isroil mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun paydo boʻlgan biror imkoniyatdan foydalanmadi, degan fikrni ilgari suradi.

[1]== Kutib olinishi ==

„Iron Wall“ tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Xalqaro tinchlik instituti (International Peace Institute) maslahatchisi Jose Vericat kitob tushunarli tilda yozilgani nafaqat tarixchilar, balki keng omma orasida keng tanilishiga turtki boʻlgani haqida yozdi [2] Ammo Isroil siyosatchilari, xususan, sobiq bosh vazir Ariel Sharon Shlaim va boshqa „revizionist Isroil tarixchilari“ yoki shunchaki „yangi tarixchilar“ deb nomlanuvchi tarixchilar ishini Isroil darsliklarida umuman tilga olinmasligini taʼminlash yoʻlida chora koʻrdi. „Anʼnanaviy“ yoki „eski“ Isroil tarixchisi Efraim Karsh Shlaimni oʻz kitobida arablarning agressiv niyatlarini kichraytirib koʻrsatishda aybladi.

Vericat kitob haqida yozgan taqrizida „Shlaimning [Isroil tarixi borasidagi] munozaraga qoʻshgan hissasini cheklashga qaratilgan saʼy-harakatlarga qaramay, The Iron Wall Isroil-Falastin mojarosini tushunishga yordam beradigan muhim asar boʻlib qolmoqda“, deb xulosa qildi[3]. Brunel universiteti tarix professori Matthew Hughes esa „Bu munozaralarning barchasida Shlaim ishonchli yozadi. U juda koʻp dalillarni toʻplab, oʻquvchini Isroil-arab munosabatlaridagi burilishlar boʻylab yetaklovchi oʻziga tortadigan, ishonchli va tushunarli dalillarni taqdim etadi“, deb yozdi.[4] Hughes „Iron Wall [kitobida] keng qamrovli tarix taqdim etilgan va Arab-Isroil mojarosi haqida yaxshi yozilgan, jonli, oʻylantiruvchi va munozarali hikoyani izlayotganlar uchun juda tavsiya qilinadi“, deya xulosa qildi.[4]

Manbalar

  1. Vericat, Jose „Book Review: The Iron Wall and Israel-Palestine’s New Chapter“ (Inglizcha). The Global Observatory. International Peace Institute (2015-yil 16-aprel). Qaraldi: 22-fevral 2023-yil.
  2. Book Review: The Iron Wall and Israel-Palestine’s New Chapter| https://theglobalobservatory.org/2015/04/israel-palestine-the-iron-wall/%7C
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Jose
  4. 4,0 4,1 Hughes, Matthew „Review of The Iron Wall: Israel and the Arab World, (review no. 153)“ (inglizcha). Reviews in History (2000-yil sentabr). Qaraldi: 17-may 2022-yil.