Masihiy (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Masihiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olingan[1]. Alisher Navoiy uning Fushanj viloyatidan ekani, pokiza tabiatli, kamtar va shoʻx tabʼga egaligi, “yaxshi ashʼori bor”ligini aytib, “Majolis un-nafois”da quyidagi baytini keltiradi:

Moro ba jafo kushta, pushaymon shuda boshi,

Xuni dili mo rexta, pazmon shuda boshi.

(Mazmuni: Meni bir jafo bilan oʻldirib, pushaymon boʻlgandirsan, yuragim qonini toʻkib, xafa boʻlgandirsan)[2].

Shuningdek, tazkirada Masihiyning Kaʼba safariga chiqqanida bir choʻlda oyogʻiga tikan kirib, mugʻiylon daraxti soyasida tikanlarni sugʻurib oʻtirganida, karvon ahlidan bir shoʻx tabʼli kishi uning sheʼriga javoban quyidagi baytni aytganligi haqida maʼlumot keltiriladi:

Az ranji rahi duru sarxori mugʻiylon,

Az omadani Kaʼba pushaymon shuda boshi.

(Mazmuni: Yoʻlning uzoqligi va mugʻiylon tikanlari mashaqqatidan Kaʼbaga kelayotganingdan pushaymon boʻlgandirsan)[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. 2,0 2,1 Majolis un-nafois.