Gagarin yodgorligi (Lyubertsi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola Yuriy Gagarin haykali haqidadir. Ushbu soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Lyubertsidagi Yuriy Gagarin haykali ― Yuriy Gagarin quymchalik kasbini oʻrgangan maktab yonida oʻrnatilgan[1].

Gagarin Lyubertsidagi kasb-hunar maktabini aʼlo baholar bilan tugatib, 1951-yilda qizil diplom oldi[1].

Yodgorlik 1986-yilda, Yuriy Gagarinning koinotga parvozining 25 yilligi munosabati bilan oʻrnatilgan[2].

Yodgorlik muallifi haykaltarosh Anatoliy Novikovdir[2].

Xotira sanalarida yodgorlik yaqinida „Zvezda“ Lyubertsi ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi xodimlari ishtirokida tantanali mitinglar boʻlib oʻtadi. Mazkur korxonada Yuriy Gagarin kosmosga uchgan skafandr ishlab chiqarilgan. Shuningdek, ushbu tadbirlarda shahar hokimligi vakillari, kosmonavtlar kelishadi[3].

Yodgorlikning tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik balandligi 3 metr 65 santimetr boʻlgan haykal boʻlib, unda Yuriy Gagarin toʻliq gavdasi bilan tasvirlangan. Shu bilan birga, Gagarin oʻz parvozini amalga oshirgan skafandrda, lekin dubulgʻasiz tasvirlangan. Haykal Yer sayyorasi shaklida yasalgan poydevorga oʻrnatilgan boʻlib, u orbitani ifodalovchi lenta bilan oʻralgan. Gagarin figurasi shunday oʻrnatilganki, sayyoraning birinchi kosmonavti ushbu lenta-orbita boʻylab yurganga oʻxshaydi[4].

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyubertsi shahrida oʻrnatilgan yodgorlikning aniq nusxalari London va Ijevskda mavjud[4]. Londonda oʻrnatish uchun nusxa koʻchiriladigan yodgorlikni tanlash jarayonida maxsus yaratilgan Britaniya jamgʻarmasi vakillari Rossiyaning bir necha oʻnlab shaharlari boʻylab sayohat qilishdi. Shundan soʻng Lyubertsi shahrida oʻrnatilgan haykalda tanlab olindi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Достопримечательности“ (ru). Администрация городского округа Люберцы Московской области (2017-yil 14-avgust). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  2. 2,0 2,1 „В Ижевске открыт памятник Ю.А.Гагарину“ (ru). novosti-kosmonavtiki.ru. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  3. „Глава Люберец возложил цветы к памятнику Гагарину - Риамо“. riamo.ru. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  4. 4,0 4,1 „Памятник Юрию Гагарину“ (ru). [sayt ishlamaydi]
  5. „Новости. Скульптура Гагарина перед отправкой в Лондон будет выставлена на ВВЦ“. www.roscosmos.ru. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.