Kobe yorug‘lik festivali
Kobe yorugʻlik festivali (Фестиваль света в Кобе (yaponcha: 神戸ルミナリエ ко:бэ руминариэ ) — 1995-qyildan beri Yaponiyaning Kobe shahrida oʻsha yili sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari xotirasiga oʻtkazib kelinadigan yorugʻlik festivali[1]. Italiya hukumati shaharga 200 mingdan ortiq[2] fonus-bezaklarni hadya qilgan, ularni Valerio Festi hamda Xirokadzu Imaoka[3] joylashtirish bilan shugʻullangan. har bir fonus qoʻlda boʻyalgan[4], festivalni oʻtkazish uchun elektr energiyasi bioyoqilgʻidan olinadi[1].
Yoritish ikki haftalar davom etadi va har kuni oqshomda bir necha soatga yoqiladi. Odamlar minglab koʻplab fonuslarning porlashidan bahramand boʻlishi uchun asosiy koʻchalar toʻsib qoʻyiladi. Yorugʻlik festivaliga har yili uch milliondan besh milliongacha odam tashrif buyuradi[5], bu vaqt davomida shahar xayriyalardan taxminan 1,3 million dollar, reklama va savdodan 6,1 million dollarga yaqin daromad oladi[6].
Tashkilotchilarning fikriga koʻra, Yorugʻlik festivali sayyohlarni vayronalarga aylangan Kobe shahriga qaytarishi kerak edi[7]. Haqiqatda ham bu festival sayyohlar oqimi oʻsishining sabablaridan biri boʻldi[8].
Ramzlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Xanshin zilzilasi 1995-yil 17-yanvarda sodir boʻldi. Tabiiy ofat 6000 dan ortiq inson hayotiga zomin boʻldi va 100 milliard AQSh dollari miqdorida zarar keltirdi[6]. Zilziladan soʻng elektr quvvati yetarli boʻlmagani bois odamlar zulmatda yashashga majbur boʻldi. Fonus tasviri esa umid va tiklanish timsoliga aylandi[4][6]. Dastlab, festivalni bir marta oʻtkazish rejalashtirilgan edi, lekin u aholi orasida ommalashib ketdi va mahalliy aholining iltimosiga binoan har yili oʻtkaziladigan boʻdi. Festival ochilish marosimida zilzila qurbonlari xotirasi ibodat ham qilinadi[6].
2011-yili tashkil etilgan festivalda Buyuk Sharqiy Yaponiya zilzilasi qurbonlari uchun mablagʻ yigʻish maqsadida xayriya koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Keyingi yili festival fonuslari zarar koʻrgan Toxoku hududida yashovchi bolalar chizgan rasmlardan yasaldi[2].
Mehmonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yildan beri festival tashkilotchilarining sayyohlar soniga doir maʼlumotlari
Yil | Mehmonlar soni |
---|---|
2004 | 5 383 000 |
2005 | 4 358 000 |
2006 | 4 650 000 |
2007 | 4 043 000 |
2008 | 3 755 000 |
2009 | 3 650 000 |
2010 | 3 434 000 |
2011 | 3 421 000 |
2012 | 3 401 000 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Official Site (yap.)
- ↑ 2,0 2,1 „Going Global“, The Gold Coast Bulletin, 2012, December 22. Retrieved on 22 February 2013.
- ↑ http://www.kicc.jp/ajisai/ajisai118.pdf[sayt ishlamaydi]
- ↑ 4,0 4,1 „Japanʼs Most Famous Festival of Lights“, My Modern Met, 2012, November 7. Retrieved on 22 February 2013.
- ↑ Kobe Luminarie 2012
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Gates, C. „Leading lights“, The Press, 2011, April 29. Retrieved on 22 February 2013.
- ↑ Edgington D.W.. . ISBN 9780774859417.
- ↑ „Recovery of japan tourism“, McClatchy - Tribune Business News, 2012, Jully 02. Retrieved on 22 February 2013.