Kontent qismiga oʻtish

Kerry Condon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kerry Codondan yoʻnaltirildi)
Kerry Condon

Condon 2010-yilda
Tavalludi 9-yanvar 1983-yil (1983-01-09) (41 yosh)
Fuqaroligi Irlandiya
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1999-yil - hozirgacha

Kerry Condon (1983-yil 9-yanvarda tugʻilgan) – irlandiyalik aktrisa. U „Royal Shakespeare Company“ tomonidan suratga olingan „Hamlet“ (2001-2002) spektaklida Ophelia rolini oʻynagan eng yosh aktrisa boʻlgan[1]. Bundan tashqari „Rome“ dramasida (2005-2007) Octavia of the Julii (2005-2007), „Better Call Saul“ (2015-2022) filmida Stacey Ehrmantraut rollarini ijro etgan. Shuningdek „Marvel Cinematic Universe“ tomonidan ishlangan bir nechta filmda F.R.I.D.A.Y. nomli sunʼiy intellekt uchun ovoz bergan[2].

Condon Martin McDonagh bilan „The Lieutenant of Inishmore“ (2001) va „The Cripple of Inishmaan“ (2009) spektakllarida, shuningdek, „Three Billboards Outside Ebbing, Missouri“ (2017) va „The Banshees of Inisherin“ (2022) kabi filmlarda hamkorlik qilgan. Soʻnggi filmidagi ijrosi uchun u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, BAFTA Award va Academy Awardlarda eng yaxshi yordamchi aktrisa nominatsiyalarini qoʻlga kiritgan[3][4].

2001-yilda 18 yoshida Condon Martin MakDonaghning „The Lieutenant of Inishmore“ filmida Mairead obrazini gavdalantirgan[5]. Shuningdek ushbu rolni aktrisa 2006-yilda Nyu-Yorkdagi Lyceum teatrida Royal Shakespeare Company tomonidan tashkillashtirilgan sahnada ham ijro etgan. Ushbu film uchun Condon The Pogues bilan hamkorlikda „The Patriot Game“ qoʻshigʻini kuylagan. Oʻsha yili Condon „Hamlet“ filmida Ophelia rolini oʻynadi va bu orqali RSC uchun bu obrazni ijro etgan eng yosh aktrisaga aylandi. 2009-yilda u Martin MakDonaghning yana bir „The Cripple of Inishmaan“ nomli spektaklida ishtirok etdi. Bu filmdagi roli uchun u Lucille Lortel Awardda „Spektakllardagi eng yaxshi aktrisa“, Drama Desk Awardda esa „Eng yaxshi ijro uchun“ nominatsiyalariga loyiq koʻrildi.

Condon Lev Tolstoyning Helen Mirren va Kristofer Plummer bilan oʻtkazgan hayotining soʻnggi oylari haqidagi „The Last Station“ filmida Tolstoylik Masha rolini ijro etgan[6]. Keyinchalik esa 2012-yilda „Luck“ teleserialida Rosie Shanahan obrazini gavdalantirgan. Aktrisa 2013-yil 13-oktyabrda efirga uzatilgan „The Walking Dead“ post-apokaliptik zombi dramasining 4-mavsumida Klara rolida paydo boʻldi. U Marvel Studiyasining „Qasoskorlar: Ultron davri“, „Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi“, „Oʻrgimchak-odam: Uyga qaytish“, „Qasoskorlar: Cheksizlik jangi“ va „Qasoskorlar: Intiho“ filmlarida Temir odamning J.A.R.V.I.S. nomli sunʼiy intelletining yangi koʻrinishi F.R.I.D.A.Y. uchun ovoz bergan[7].

2017-yilda Conan Martin MakDonagh bilan hamkorlikka qaytdi va „Three Billboards Outside Ebbing, Missouri“ filmida ishtirok etdi. Rejissyorning 2022-yilda suratga olingan „The Banshees of Inisherin“ filmida esa aktrisa uzoq vaqtlar davomida qiyinchliklar qurshivida boʻlib kelayotgan opa Colin Farrell obrazini gavdalantirdi. Condonning filmdagi ijrosi uchun koʻplab tanqidchilardan ijobiy baholar oldi. Bundan tashqari ushbu rol uchun bir nechta mukofotlarga ham sazovor boʻldi, jumladan, „BAFTA Award“daBest Actress in a Supporting Role“, „Academy Award“daBest Supporting Actress“, „Oltin globus“daBest Supporting Actress–Motion Picture“ hamda „Screen Actors Guild Award“daOutstanding Performance by a Female Actor in a Supporting Role“ nominatsiyalarida gʻalaba qozondi.


Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Condon The Banshees of Inisherin uchun intervyuda, 2022-yil
Yil Nomi Rol Tarif
1999 Angelaʼs Ashes Theresa Carmody
2000 Rat Marietta
2001 How Harry Became a Tree Eileen
2003 Ned Kelly Kate Kelly
Intermission Café Waitress
2005 Unleashed Victoria
2009 The Last Station Masha
2011 This Must Be the Place Rachel
The Shore Pat Qisqa film
2013 Dom Hemingway Melody
2014 Gold Alice
2015 Qasoskorlar: Ultron davri F.R.I.D.A.Y. Ovoz berish
2016 Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi
2017 Oʻrgimchak-odam: Uyga qaytish
Three Billboards Outside Ebbing, Missouri Pamela
2018 Bad Samaritan Katie Hopgood
Qasoskorlar: Cheksizlik jangi F.R.I.D.A.Y. Ovoz berish
2019 Qasoskorlar: Intiho
Dreamland Olivia Evans
2022 The Banshees of Inisherin Siobhán Súilleabháin
2023 In the Land of Saints and Sinners Doireann McCann
2024 Night Swim Eve Waller
2025 F1 Kate
  1. Canfield, David „Kerry Condon Arrives, Brilliantly, in The Banshees of Inisherin. Vanity Fair (2022-yil 13-sentyabr). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
  2. „Kerry Condon“. Yahoo! Movies. 2011-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Buchanan, Kyle. „Kerry Condon: 'I Don't Think Anything Has Ever Come Easy to Me'“ (en-US). The New York Times (2023-yil 1-fevral). 2023-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  4. „BAFTA winner Kerry Condon is The Banshee of Inisherin's secret MVP“ (en-GB). British GQ (2023-yil 20-fevral). 2023-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  5. „Theater Review: Terrorism Meets Absurdism in a Rural Village in Ireland“. The New York Times (2006-yil 28-fevral). 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-iyul.
  6. „Who's the Irish woman in the new series of the Walking Dead?“. 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr.
  7. „That Irish accent in Avengers Age of Ultron is actress Kerry Condon!“. Irish Examiner (2015-yil 23-aprel). 2015-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-aprel.